tataristonda-navro-zga-bag-ishlangan-tadbir-otkazildi

Tataristonda Navro’zga bag’ishlangan tadbir  o'tkazildi

Tatariston Xalqlar Do'stligi Assambleyasi poytaxt Qozon shahridagi ipodrom oldida turli millat vakillari ishtirokida Navro’zga bag’ishlangan bayram tadbirini tashkil etdi

25 Mart 2021 13:04

Tatariston Xalqlar Do'stligi Assambleyasi poytaxt Qozon shahridagi ipodrom oldida turli millat vakillari ishtirokida Navro’zga bag’ishlangan tadbir  o'tkazdi.

Ushbu yarmarkada turk dunyosining 11 davlatining Tataristondagi diplomatik vakolatxonalari, shu jumladan Turkiya, Qozog'iston, O'zbekiston va Turkmanistonning Tataristondagi bosh konsullari ishtirok etishdi.

Har bir xalq o'ziga xos milliy taom, kiyim-kechak va hunarmandchilik buyumlarini namoyish etdi.

Bundan tashqari, ular milliy qo'shiq va raqslarni ijro etdilar.

Tadbir doirasida "Navro’z go'zali" va "Navro’z qahramoni" tanlovlari hamda palov festivali tashkil etildi. 1-o'rinni egallagan jamoaga katta toshqozon sovg’a qilindi.

Tataristonda koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yilda Navro’z nishonlanmagan edi.

 

Yangiliklar