tojikiston-afgoniston-va-ozbekistonga-yuboriladigan-elektr-energiyasi-hajmini

Tojikiston Afg'oniston va O'zbekistonga yuboriladigan elektr energiyasi hajmini oshirdi

Tojikiston yanvar-iyul oylarida Afg'oniston va O'zbekistonga elektr energiyasi eksporti hajmini oshirdi

30 Ağustos 2022 10:25

 Tojikiston joriy yilning 7 oyida Afg'oniston va O'zbekistonga 64,5 million dollarlik elektr energiyasi sotgan bo'lsa, bu davrda elektr energiyasidan tushgan daromad ham o'tgan yilgining shu davrga nisbatan 17,2 foizga oshgan. 

Bayonotda ikki davlatga jo'natilgan elektr quvvati miqdori haqida ma'lumot berilmagan.

Tojikiston yil oxirigacha bu mamlakatlarga 3,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Tojikiston tomonidan sotilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun Afg‘oniston 4,11 sent, O‘zbekiston esa 2 sent to‘laydi.

O‘tgan yili 20,6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqargan Tojikiston, Afg‘oniston va O‘zbekistonga sotilgan jami 2,4 milliard kilovatt-soat elektr energiyasidan 77,1 million dollar daromad olgan.

Yangiliklar