transkaspiy-yolagidagi-port-shahar-aqtau-oqtog

Transkaspiy yo'lagidagi port shahar-Aqtau (Oqtog')

Kaspiy dengizi sohilidagi Qozog‘istonning Aqtau shahri Transkaspiy transport koridori yo‘nalishidagi muhim markaz hisoblanadi.

06 Temmuz 2022 12:53

"Oq tog'" degan ma'noni anglatuvchi Aqtau mamlakatning janubi-g'arbidagi Mang'istov yarim orolida joylashgan. Aqtau shahri Qozogʻistonning yirik dengiz darvozasi hisoblanadi.

2018-yilda beshta Kaspiy bo‘yi davlati rahbarlarining tarixiy sammiti shaharga alohida shuhrat keltirdi, natijada Kaspiy dengizining huquqiy maqomi kelishib olindi.

Mamlakatdagi neftning 25 foizi Mang‘istau yarim orolida ishlab chiqariladi

Aqtau shahri joylashgan Mang’istau yarim oroli ochiq osmon ostidagi muzeyni eslatadi.

Tuya karvonlarini qoldiqlarini  quruq cho'l iqlimi bo'lgan Mang’istau viloyati yo'llarida uchratish mumkin.

Viloyat diniy turizm markazi ham hisoblanadi. Bu yerda Qozog‘istonning turli burchaklaridan sayyohlar tashrif buyuradigan mashhur “Bekat ota” va “Cho’pon-Ota” masjidlari joylashgan.

Mang‘istau viloyati Qozog‘iston neft sanoatining ham yirik markazi bo‘lib, mamlakatdagi “qora oltin” qazib olishning qariyb 25 foizini tashkil etadi. Viloyat tabiiy gaz, mis, fosforit, ruda va uran zaxiralariga boy.

“Viloyatimizda turizm sohasi alohida qiziqish uyg‘otadi. Biz turk investorlarini qoʻllab-quvvatlash va hamkorlik qilishga tayyormiz”, - deydi Aqtau hokimi o‘rinbosari Abilkair Baypakov.

"Aqtau shahrining eng katta xususiyati shundaki, u cho'l o'rtasida qurilgan"

Qozog‘iston mustaqillik yillarida Aqtau shahri Kaspiybo‘yi mintaqasidagi eng tez rivojlanayotgan shaharlardan biriga aylandi.

Shaharda yashovchi geolog Amanjol Kartbayning so‘zlariga ko‘ra, Aqtau shahrining poydevori o‘tgan asr o‘rtalarida mintaqada uran konlari topilganida qo‘yilgan.

“Aqtau shahar sifatida emas, balki geologlar va uran konlari ishchilari yashaydigan aholi punkti sifatida qurila boshlandi.

Men birinchi sinfga borganimda, Aqtau shahardan ko‘ra geologlar yig‘iladigan joy hisoblanardi”,-deb eslaydi Kartbay.

Aqtau 1963 yilda shahar maqomini olgan.

Aholining asosiy qismi neft va gaz sohasida mehnat qiladigan mintaqada yaqinda transport va turizm sohalarida muhim imkoniyatlar yaratildi.

Joriy yilda 5 yoshga to‘lgan Qurik porti Qozog’iston mustaqillikka erishgandan keyin qurilgan birinchi portdir. Qurik porti bosh direktori Serik Axmetov portning yillik yuk tashish quvvati bir million tonnaga yaqin ekanligini, mintaqadagi geosiyosiy vaziyat tufayli joriy yilda transport vositalari va yuklar tranzitini sezilarli darajada oshirish kutilayotganini aytdi.

“Qurik porti Qozogʻistondan Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya va Sharqiy Yevropaga choʻzilgan oʻrta yoʻlakda joylashgan. So‘nggi geosiyosiy voqealar munosabati bilan ushbu yo‘lakning ahamiyati yanada oshdi”, - deydi Axmetov.

Yangiliklar