tunjelidagi-kirkmerdiven-sharsharasi-o-zining-betakror-manzarasi-bilan-ajralib-t

Tunjelidagi Kirkmerdiven sharsharasi o’zining betakror manzarasi bilan ajralib turadi

Tunjelining Ovajik tumanidagi Kirkmerdiven sharsharasi tabiat qo‘ynida dam olishni xohlovchi ko‘plab sayyohlarni jalb etmoqda

09 Haziran 2022 11:50

Ovajik tumani Munzur va Merjon togʻlari bilan oʻralgan.

Dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan.

Bu hudud yilning to'rt faslda o’zining betakror manzarasi bilan ajralib turadi

Turkiyaning eng go‘zal maskanlaridan biri bo‘lgan Ovajikda keyingi yillarda tog‘ va yoz turizmi rivojlanmoqda.

Bu yerda chang'ida  uchish, rafting bilan shug’ullanish, velosiped haydash va trekkingga borish mumkin.

Shuningdek, bu yerdagi Kirkmerdiven sharsharasi tabiat qo‘ynida dam olishni xohlovchi ko‘plab sayyohlarni jalb etmoqda.

Kirkmerdiven sharsharasi o’zining betakror manzarasi bilan ajralib turadi
Sharshara, ayniqsa, issiq havolarda dam olish istagida bo’lganlar uchun ayni muddao.

Kirkmerdiven sharsharasida dam oluvchilar va sayyohlar  xavfsizligi choralari ham ko’rilgan.

 

Yangiliklar