turk-davlatlari-tashkilotiga-a-zo-va-kuzatuvchi-davlatlar-ta-lim-sohasida-hamkor

Turk davlatlari tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlar ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Turk Davlatlar Tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘qituvchilar almashinuvi dasturini amalga oshirmoqda. A’zo davlatlardagi ta’lim sohasi vakillari 6-12 iyun kunlari Anqara va Istanbulda “O‘qituvchilar almashinuvi” dasturi doirasida malaka oshiradi.

03 Nisan 2022 11:47

Turkiya Respublikasi Milliy Ta’lim Vaziri Mahmut O’zer, Turk Davlatlari Tashkiloti ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirayotganini aytdi.

A’zo davlatlar sifatida- Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkiya shuningdek, Vengriya  va Turkmaniston esa kuzatuvchi davlatlar qatorida “O‘qituvchilar almashinuvi” dasturini amalga oshirmoqda.

Ma’lumki, Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Turkiy kengashning 8-sammiti arafasida Ta’lim vazirlari kengashining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

3-4-noyabr kunlari Istanbulda boʻlib oʻtgan taʼlim vazirlari yigʻilishida Turk davlatlari tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar oʻrtasida 2022-yilda “Oʻqituvchilar almashinuvi dasturi”ni amalga oshirishga qaror qilingan edi.

Turk Davlatlar Tashkilotiga a'zo va kuzatuvchi davlatlar o'rtasidagi "O'qituvchilar almashinuv dasturi" ilk bor Turkiyada bo'lib o'tadi.

Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Vengriya va Turkmaniston o‘qituvchilari 6-12 iyun kunlari Istanbul va Anqara shaharlarida maxsus treningdan o‘tadilar.

Tadbir o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashishga qaratilgan.

Shuningdek, u turkiy davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotni oshirish, taʼlim, madaniyat, fan va texnologiya sohalarida hamkorlikni ragʻbatlantirish va kengaytirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, u pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishni maqsad qilgan.

Dastur davomida o‘qituvchilar yangi o‘qitish  va baholash usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yangiliklar