turk-dunyosi-madaniyat-poytaxti-2022-bursada-ayol-rassomlarning-asarlari-korg

"Turk dunyosi madaniyat poytaxti 2022" Bursada ayol rassomlarning asarlari ko'rgazmaga qo'yildi

Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TURKSOY) tomonidan "2022-yilgi Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e’lon qilingan Bursa shahrida “Femin Art” xalqaro ayol rassomlar uyushmasi tomonidan tayyorlangan ko’rgazma namoyish etildi.

29 Mart 2022 20:58

Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TÜRKSOY) tomonidan “2022-yil Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e’lon qilingan Bursa shahrida “Femin Art” xalqaro ayol rassomlar uyushmasi tomonidan tayyorlangan ko’rgazma namoyish etildi.

Tashkilotning Bursa boʻlimi tomonidan Tayyare madaniyat markazida ochilgan “2022-yil madaniyat poytaxti Bursa” nomli koʻrgazmada 84 nafar ayol rassomning asarlari namoyish etilmoqda.

Bursa shahar hokimi o'rinbosari Halide Serpil Shahin, 100 ta san'at asari bilan tashkil etilgan ko'rgazmaning ochilish marosimida bu yil "2022 Turk dunyosi madaniyat poytaxti" unvoni bilan shahar juda muhim missiyani o'z zimmasiga olganini bildirdi.

Bursani butun dunyoga, ayniqsa turk davlatlariga tanitish uchun go'zal tadbirlar tayyorlanayotganini ifoda etgan Shahin:

 "Ushbu tadbirlarga hissa qo'shgan nodavlat tashkilotlarga minnatdorchilik bildiraman. Men barcha ayol san'atkorlarni tabriklayman",-dedi.

Yangiliklar