turk-dunyosining-atoqli-adiblarning-hayoti-xalqaro-festivalda-tanitiladi

Turk dunyosining atoqli adiblarning hayoti xalqaro festivalda tanitiladi

Turk dunyosining 7 atoqli adiblarining hayotiga bag'ishlangan filmlar suratga olinmoqda.

16 Temmuz 2022 19:24

Madaniyat va turizm vazirligi, Kino bosh boshqarmasi va Bursa Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etilgan festivalning mavzusi “Turkiy respublikalarning adabiy shaxslari” deb belgilangan.

“Adabiyotdan kinoga” mavzudida topshirilgan  asarlar orasidan tanlab olingan eng yaxshi 7 ssenariy Bursa, Konya va Shanliurfaning tarixiy maskanlarida suratga olindi.

Qirg‘iz adabiyotining afsonaviy adibi Chingiz Aytmatov hayotini aks ettiruvchi film Shanliurfada, qozoq yozuvchisi Ahmet Baytursun mavzusidagi film esa Koniyada suratga olindi.

Shuningdek, ozarbayjonlik teatr yozuvchisi va shoiri Husayn Javit, o‘zbek yozuvchisi Abdulhamid Sulaymon Cho‘lpon, qirg‘izistonlik xalq yozuvchisi, dramaturg va ssenariynavis Toktobolot Abdumomunov, turkman  shoiri Maxtumquli, shuningdek, vafotining 600 yilligi munosabati bilan “Mavlid-i Sharif” muallifi Sulaymon Chalabiy hayotiga bag'ishlangan filmlar suratga olingan.

Assotsiatsiya va festival qo'mitasi raisi Eda Surmeli, ssenariylar uchun arizalar may oyida nihoyasiga etganini va eng yaxshilari ssenariylar hakamlar hay'atining baholashidan keyin tanlanganligini aytdi.

Surmeli suratga olish jarayoni jadal sur'atda davom etayotganini ta'kidladi.

 

Yangiliklar