turk-dunyosining-otmishi-buguni-va-kelajagi-simpoziumi-bolib-otkazilmoqda

"Turk dunyosining o'tmishi, buguni va kelajagi" simpoziumi bo'lib o'tkazilmoqda

Qirg'iziston poytaxti Bishkekda Qirg'iziston-Turkiya Manas universiteti va Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi tomonidan "Turk dunyosining o'tmishi, buguni va kelajagi" simpoziumi tashkil etildi

19 Mart 2021 16:27

Qirg'iziston poytaxti Bishkekda Qirg'iziston-Turkiya Manas universiteti va Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA) tomonidan "Turk dunyosining o'tmishi, buguni va kelajagi" simpoziumi tashkil etildi.

Simpozium Turkiya Buyuk Millat Majlisi qurilishining 100 yilligi, Turkiy tilli davlatlar mustaqilligi qo'lga kiritilishining 100 yilligi va "2021 yil - Mehmet Akif Erso’y va Turkiya milliy madhiyasi yili"ga bag’ishlangan.

Simpoziumda TURKPA vakillari, olimlar va elchilar shuningdek, Xalqaro Turk Akademiyasi prezidenti Darxan Qidirali va Turkiya madaniyati va merosi jamg'armasi raisi Gunay Afandiyeva ham ishtirok etdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Aloqa bo'limi rahbari Fahrettin Altun va Turkiya Buyuk Millat Majlisining raisi Mustafo Shentop simpoziumga videomurojaat yo'lladilar.

Tadbir davomida tomonlar madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi turkiy tilli davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va kun tartibining dolzarb masalalari bo'yicha fikr almashdilar.

QTMU rektori Alpaslan Jeylan simpoziumning ochilishida so'zga chiqib, bu yil Qirg'iziston-Turk Manas universiteti 25 yoshga to'lishini eslatib o’tdi.

QTMU prorektori Asilbek Qulmirzayevning aytishicha, Manas universitetida 700 ga yaqin mutaxassis ishlaydi va hozirda 6000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. U Manas universitetining 9000 dan ortiq bitiruvchisi turk dunyosiga xizmat qilishini faxr bilan ta'kidladi.

TURKPA Bosh kotibi Oltinbek Mamayusupov TURKPA faoliyati turkiyzabon davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni yaxshilashga qaratilganligini ta’kidlab o’tdi.

Turkiya delegatsiyasi a'zosi Ismet Uchma turk dunyosining birligi va birdamligining ahamiyatiga diqqat qaratdi.

Qirg’iziston Majlisi raisi o’rinbosari Aida Kasimaliyeva esa Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi M. Shentopni Qirg‘iziston parlamenti spikeri va parlament a’zolari nomidan tabrikladi.

U turk xalqi tarixdagi bir qator qiyinchiliklarga qaramay o'z ona tili, madaniyati, urf-odatlari, merosi va ma'naviy qadriyatlarini shu kungacha saqlab kelganligiga, bugungi kunda turkiy tilli xalqlar o'rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligiga diqqat qaratdi.

Qirg’iziston Parlamentining sobiq raisi va Qirg'iziston partiyasi a'zosi Dastanbek Jumabekov  Erdo'g'anning turk dunyosidagi o'rniga alohida e'tibor qaratdi hamda Manas universiteti bitiruvchilari turk dunyosining porloq kelajagiga xizmat qilishlariga umid bildirdi.

Yangiliklar