turk-kengashi-kovid-19-epidemiyasi-jarayonida-kiber-xavfsizlik-masalasini-muhoka

Turk Kengashi Kovid-19 epidemiyasi jarayonida kiber xavfsizlik masalasini muhokama qildi

Turkiy tilli mamlakatlarning hamkorlik kengashiga (Turk Kengashi) a'zo va kuzatuvchi mamlakatlar yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) doirasida kiberxavfsizlik sohasida ko'rilgan choralarni muhokama qildi

21 Eylül 2020 20:21

Turk Kengashi Axborot-Kommunikatsiya texnologiyalari kiberxavfsizlik kichik ishchi guruhi yig'ilishi videokonferentsiya usuli bilan o'tkazildi.

O’zining ochilish nutqidaTurk Kengashi Bosh kotibining o'rinbosari Gismat Go’ zalov axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim, savdo, xavfsizlik va ijtimoiy hayotimizning ajralmas qismiga aylanganligiga diqqat qaratdi.

U pandemiyaning raqamli transformatsiya jarayonini yanada tezlashtirganini ta’kidlab o’tdi.

Pandemiya hukumatlar, kompaniyalar va muassasalarni yangi ish uslublarini topishga majbur qilganligini ta'kidlagan Go'zalov, virus paydo bo'lgandan keyin kiberhujumlar soni sezilarli darajada ko'payganligini ta'kidladi.

Ushbu hujumlarning asosan sog'liqni saqlash sohasiga qaratilganligini aytgan G'ozalov, boshqa barcha davlatlar singari Kengash mamlakatlari ham raqamli infratuzilmalarini yanada rivojlantirishlari kerakligini ifoda etdi.

Ushbu videokonferentsiyada Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkiya va kuzatuvchi davlat Vengriya vakillari qatnaashgan bo’lib, unda kiberxavfsizlik sohasida tajriba almashish bo'yicha muzokara olib borildi.

Bundan tashqari, "Mamlakatlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo'yicha kompyuter guruhlari" o'rtasida hamkorlik, kiberhujumga qarshi birdamlikda kurash masalalari ham muhokama qilindi.

Yangiliklar