turk-kengashining-sammiti-31-mart-kuni-qozogistonning-turkiston-shahrida-boli

Turk Kengashining sammiti 31 mart kuni Qozog'istonning Turkiston shahrida bo'lib o'tadi

Pandemiyani inobatga olgan holda sammit onlayn tarzda o'tkaziladi

23 Mart 2021 15:47

Turk Kengashining xabar berishicha, sammitda Qozog'istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev va barcha a'zo davlatlarning rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Turkiy tilli davlatlarning hamkorlik kengashi xalqaro tashkilotga Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya va O'zbekiston a'zodir. Vengriya bosh vaziri esa sammitda kuzatuvchi sifatida qatnashadi.

Avvalroq sammit 31 mart kuni Qozog'istonning Turkiston shahrida bo'lib o'tishi haqida xabar berilgan edi.

Yangiliklar