turk-shifokorlar-ozbekistonda-pandemiyaga-qarshi-kurash-jarayoniga-hissa-qoshm

Turk shifokorlar O'zbekistonda pandemiyaga qarshi kurash jarayoniga hissa qo'shmoqda

Turkiya Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan O’zbekistonga yuborilgan 16 kishilik jamoa vakillari shifoxonalarda pandemiyaga qarshi kurash jarayonida faoliyat ko’rsatmoqda

10 Eylül 2020 14:34

O'tgan oy oxirida O'zbekistonga kelgan 9 ta mutaxassis shifokor, 6 ta sog'liqni saqlash xodimi va 1 ta biomedikal muhandisdan iborat Turkiya Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan O’zbekistonga yuborilgan jamoa vakillari nafaqat Toshkentda Kovid-19 bemorlari uchun qurilgan 4 ming o'rinli shifoxonada balki, Farg'ona, Andijon, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi kasalxonalarda ham faoliyat ko’rsatmoqda

Pediatrlar, intensiv terapiya, ko'krak qafasi kasalliklari, yuqumli kasalliklar, shoshilinch tibbiy yordam, ichki kasalliklar va sog'liqni saqlash mutaxassislaridan tashkil topgan turkiyalik shifokorlar jamoasi videokonferentsiyalar orqali o'zbekistonlik hamkasblari bilan o'z bilimlari va tajribalarini ham almashmoqda.

Kayseri shahar Ta’lim va Tadqiqot kasalxonasida shifokori Mukerrem Altuntash,

Anadolu Agentligi (AA) bilan suhbatida ular O'zbekistonga ikki mamlakat Sog'liqni Saqlash Vazirliklarining birgalikdagi sa'y-harakatlari doirasida kelganligini ta'kidladi.

"Bizning maqsadimiz - Turkiyada to'plagan tajribamiz orqali O'zbekistonning Kovid-19ga qarshi kurash jarayoniga o'z hissamizni qo'shishdir", - dedi u.

Antaliya Ta’lim va Tadqiqot shifoxonasi pediatri Muhammad Furkan Bakkal ham o'zbekistonlik shifokorlar bilan birga Toshkentdagi Kovid-19 bemorlari uchun qurilgan shifoxonada bolalar kasalligini davolash jarayonida ishtirok etgan.

Furkan Bakkal, "biz O'zbekiston Sog'liqni Saqlash Vazirligi mutasaddilari bilan uchrashdik va mamlakatda maktablarning ochilishi va normallashuv jarayonida yuzasidan maslahatlashdik", dedi.

28-avgust kuni O'zbekistonda ish boshlagan turkiyalik shifokorlar joriy hafta oxirigacha O’zbekistonda o'z ishlarini davom ettiradilar.

Yangiliklar