turkiston-xalqaro-aeroportidan-birinchi-xalqaro-parvoz-amalga-oshirildi

Turkiston xalqaro aeroportidan birinchi xalqaro parvoz amalga oshirildi

Birinchi xalqaro reys manzili Istanbul bo'ldi

21 Mart 2021 15:18

Qozog'iston aviatsiyasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Turkiston xalqaro aeroportidan birinchi xalqaro parvoz 176 yo'lovchiga ega bo'lgan Fly Arystan aviakompaniyasining "A-320" rusumidagi samolyoti bilan amalga oshirildi.

Ushbu yo'nalishdagi sayohatlar soni birinchi bosqichda haftasiga 2 ta, keyingi davrlarda haftasiga 7 ta bo'lishi rejalashtirilgan.

Turkiston xalqaro aeroporti shahar markazidan 16 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Umumiy maydoni 905 gektar bo'lgan ushbu aeroport mustaqil Qozog'iston tarixida batamom yangi poydevor bolan qurilgan birinchi aeroportdir.

Uchish-qo'nish yo'lagining uzunligi va kengligi Airbus "A 340" va Boeing "700" kabi samolyotlar turlariga mosdir.

 Ushbu aeroport bir vaqtning o'zida 9 ta samolyotni qabul qilishi mumkin.

 

Yangiliklar