turkiya-davlatlar-ortasida-sugurta-sohasida-hamkorlik

Turkiya davlatlar o'rtasida sug'urta sohasida hamkorlik

Turkiya Sugʻurta uyushmasi (TSB) Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlar Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston sugʻurta uyushmalari rahbarlari ishtirokida  Istanbulda yigʻilish o’tkazdi.

24 Mayıs 2022 18:52

Turkiya Sugʻurta uyushmasi (TSB) Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlar Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston sugʻurta uyushmalari rahbarlari ishtirokida  Istanbulda yigʻilish o’tkazdi.

TSB tomonidan tashkil etilgan Xalqaro sug‘urta sammitida uchrashgan tomonlar o‘zlari imzolagan memorandum bilan “Mintaqaviy sug‘urta kengashi”ni tashkil etish yo‘lida ilk qadamni tashladilar.

Imzolash marosimida so’zga chiqqan TSB  raisi Atilla Benli, mazkur memorandum Turk dunyosining birlik, birdamlik va hamjihatligini saqlab, dunyoga o’rnak bo’lishi uchun qo’yilgan qadam ekanligini ta’kidladi.

"Bugun biz imzolagan memorandum Turkiy davlatlarda sug'urta, qayta sug'urtalash va pensiya sektorlarini rivojlantirishga hissa qo'shish, texnik va infratuzilmaviy bilim va tajriba almashish uchun platforma bo'ladi.

Bu faqat boshlanishi. Bundan buyon biz bu hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun bor kuchimizni ishga solamiz",-dedi u.

"Biz ushbu qadamni qo'yganimizdan xursandmiz"

Benli, bu qadamni tashlaganliklaridan xursand ekanliklarini bildirdi.

Benli:

"Birlashma sifatida  faoliyatimizni yanada chuqurlashtirish mas'uliyatimizni bajaramiz. Do'st va qardosh davlatlar bilan hamkorlik iqtisodiyotimizga kuch qo'shadi va xalqimiz farovonligini oshiradi",-dedi.

 

Yangiliklar