turkiya-diyonat-jamgarmasi-ozbekistondagi-sharoiti-ogir-3-ming-500-oilaga-yor

Turkiya Diyonat jamg'armasi O'zbekistondagi sharoiti og'ir 3 ming 500 oilaga yordam mahsulotlari yubordi

Turkiya Diyonat jamg'armasi va Diyonat ishlari Turk-Islom ittifoqi O'zbekistondagi sharoiti og'ir 3 ming 500 oilaga yordam mahsulotlari yubordi

31 Mart 2022 14:51

Un, yog‘, shakar va guruch kabi birlamchi ehtiyojlardan iborat   yordam qutilari Ramazon oyi oldidan avvalo, Samarqandga yuborildi.

Samarqandning turli hududlarida tarqatilgan qutilar sharoiti og’ir oilalar yuzida tabassum uyg‘otdi.

Yordam posilkalarini  jami 3500 oilaga yetkazish rejalashtirilgan

"Biz bu yordamlarni imkon qadar tezroq yetkazib beramiz"

Turkiya Diyonat jamg'armasi Bosh direktor o'rinbosari Mehmet Eg’inch, ota-bobo yurtlarida muhtojlarga yordam yetkazishdan xursand ekanliklarini bildirdi.

"O‘zbekistonda biz Samarqand, Buxoro va Toshkentdagi 14 ta turli tarqatish punktlarida 3500 dona oziq-ovqat posilkalarini tarqatish bo‘yicha ish boshladik. Umid qilamanki, bu yordamlarni imkon qadar tezroq yetkazib beramiz.

O‘rta Osiyo bizning ajdodlarimiz vatanimiz bo‘lgan mintaqa.

Bu maskan-ma’naviyat manbayi”,-dedi u.

“Birodarlarimiz quvonchini ko‘rib, xursand bo’ldik”

Markazi Germaniyada joylashgan Diyonat ishlari Turk-Islom ittifoqi kotibi va koordinatsiya menejeri Alaattin Salchik ham muhtojlarga yordam yetkazib berishni boshlaganliklarini bildirdi.

3500 oilaga yetkaziladigan yordamning birinchi tarqatish  manzili Samarqand ekanligini ta'kidlagan Salchik:

"Ramazon oyi munosabati bilan Turkiya Diyonat jamg'armasi bilan hamkorlikda biz Germaniyadagi xayrixohlarning  omonatini muhtoj birodarlarimizga yetkazish uchun shu yerdamiz.

Ramazon oyi birodarlarimiz va opa-singillarimizga quvonch ulashishga harakat qilmoqdamiz.

Birodarlarimiz yuzidagi quvonchni ko'rib juda xursand bo'ldik.

Umid qilamanki, O‘zbekiston bo‘ylab 3500 ta qutini tez orada tarqatamiz”-dedi u.

 

Yangiliklar