turkiya-eksimbanki-ozbekistonning-agrobank-va-turon-banki-bilan-uzoq-muddatli-k

Turkiya Eksimbanki O'zbekistonning Agrobank va Turon banki bilan uzoq muddatli kredit kelishuvini imzoladi

Savdo vaziri Ruhsar Pekjan, Turk Eksimbankning O'zbekistondagi Agrobank va Turon banki bilan umumiy qiymati 31 million dollarlik, mahsulot va xizmatlar eksportini moliyalashtirishga qaratilgan ikkita kredit shartnomasi imzolaganligini bildirdi

12 Mart 2021 10:49

Savdo Vaziri Ruhsar Pekjan o'zining Twitter-dagi sahifasida, ushbu shartnomalar bilan Eksimbank va O'zbekistonning yetakchi banklari o'rtasida imzolangan kredit shartnomalari soni 5 taga yetganligini ma’lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, bitimlarning umumiy qiymati170 million dollarga yetgan.

O'zbekiston bilan imzolangan yangi kredit shartnomalari, xususan, Turkiyadan keltirilgan tovarlar eksportiga ham ijobiy  ta’sir qiladi va Turkiya tashqi savdo hajmini oshirishga xizmat qiladi. O’zbekiston uchun esa ushbu kredit mablag‘larini  muvaffaqiyatli o‘zlashtirish  ko‘plab investisiya loyihalarini amalga oshirish imkonini beradi.

Yangiliklar