turkiya-mudofaa-sanoatining-eksport-hajmi-ortib-bormoqda

Turkiya mudofaa sanoatining eksport hajmi ortib bormoqda

Filippin Respublikasi Turkiyadan “Atak” vertolyotini sotib oldi. Shunday qilib, vertolyot birinchi marta xorijiy armiya inventariga kiritildi.

06 Nisan 2022 15:38

Filippin Turkiyadan ikkita “Atak” vertolyoti oldi.

Poytaxt Manilada vertolyotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Turkiya Respublikasi Mudofaa sanoati raisi Ismoil Demir ishtirok etdi. Marosimda Atak vertolyotining xususiyatlari namoyish etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Ismoil Demir “Atak” bu turdagi vertolyotlarning eng sifatlisi ekanligini ta’kidladi.

U Turkiya va Filippinning 2018-yilda mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishganini eslatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Atak vertolyoti shartnoma asosida Filippinga yetkazib berilgan.

Turkiya Mudofaa sanoati raisi Ismoil Demir “Atak” vertolyotini Filippinga topshirish Turkiya uchun katta sharaf ekanini ta'kidladi.

Filippin yana 6 ta vertolyot oladi

Turkiya aviatsiya va fazo sanoati (TUSAŞ) bosh direktori Temel Kotilning ma’lum qilishicha, bu yil Filippinga yana 6 ta vertolyot yetkaziladi. Shartnomalar boshqa sohalarda ham imzolanishi mumkin.

Filippin Turkiyaga qo‘shimcha takliflar bilan murojaat qilgan. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Atak” vertolyotiga ko‘plab davlatlar qiziqish bildirmoqda.

Hozirda Pokistonga eksport qilish uchun 30 ta vertolyotning eksport litsenziyasi tayyorlanmoqda.

Kotil ushbu vertolyot dunyodagi yetakchi vertolyotlardan biri ekanligini ta’kidladi.

Dvigatel juda kuchli, avionika va qurol tizimlari zamonaviy texnologiyalar bilan ishlab chiqarilgan bo’lib, bu jrayonda  ROKETSAN, ASELSAN va HAVELSAN hamkorlik qilgan.

Kotil Turkiyaning Anka, Hurkush va Gokbey samolyotlarini ham eksport qilishni rejalashtirganini ta'kidladi.

ASELSAN "Gokdeniz" nomli havo mudofaa tizimini eksport qilishni rejalashtirmoqda

ASELSAN boshqaruvi raisi va bosh direktori Haluk Go‘rgunning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Turkiyada ishlab chiqarilgan milliy sanoat mahsulotlari eksporthajmi kengaymoqda.

ASELSAN, "Gokdeniz" nomli havo mudofaa tizimini eksport qilishni rejalashtirmoqda.

ROKETSAN Atak vertolyot qurollarini ishlab chiqaradi

ROKETSAN Bosh direktori Murat Ikinji “Atak” vertolyotni Turkiya mudofaa sanoatining faxri deb atadi.

U Filippin osmonida vertolyotni ko‘rish katta sharaf ekanligini ta’kidladi.

Uning aytishicha, ROKETSAN mazkur vertolyot uchun o'q-dorilar ishlab chiqaradi.

Yangiliklar