turkiya-ozbekiston-ozarbayjon-uch-tomonlama-tashqi-ishlar-vazirlari-savdo-va-t

Turkiya-O'zbekiston-Ozarbayjon uch tomonlama Tashqi ishlar vazirlari, Savdo va Transport vazirlari yig'ilishi o'tkazilgan

Toshkentda “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama uchrashuvi o‘z ishini boshladi.

02 Ağustos 2022 17:53

Kun tartibidan O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasida mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, transport sohalarida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari joy olgan.

Toshkentda mazkur uch davlat tashqi siyosat, savdo va transport masalalariga masʼul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirokidagi “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama birinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Tadbirni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov ochib berdi.

O'z nutqida Vladimir Norov quyidagilarni qayd etdi:

"Bugungi uchrashuv  o‘zaro munosabatlarimizdagi  muhim voqealar –Turkiya Prezidenti Rajap Toyyip Erdo’g‘anning 2022 yil martida O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi hamda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yil iyun oyidagi davlat tashrifidan so‘ng ro‘y bermoqda.

Xalqaro munosabatlarda hamda global iqtisodiyotda kechayotgan jadal va noodatiy jarayonlar hisobga olinganda “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” muloqot formatini tuzish har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi."

Tadbir kun tartibidan O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasida mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiya va transport sohalarida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari joy olgan.

Uchrashuv davomida ushbu sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi takliflarning ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.

 

Yangiliklar