turkiya-prezidenti-ertaga-ozbekistonga-tashrif-buyuradi

Turkiya Prezidenti ertaga O'zbekistonga tashrif buyuradi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdog’an ertaga O’zbekiston poytaxti Toshkentga tashrif buyuradi. Erdo‘g‘anning tashrifi doirasida O‘zbekiston-Turkiya Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda.

28 Mart 2022 17:06

Turkiya Prezidenti ertaga O'zbekistonga tashrif buyuradi

Erdo‘g‘onning Toshkentga tashrifi doirasida O‘zbekiston-Turkiya Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Erdo’g’anning tashrifi chog’ida imzolanadigan o’zaro kelishuvlar bilan mamlakatlar o’rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining eng yuqori darajaga olib chiqilishi kutilmoqda.

2021-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 3,6 milliard dollarga yetdi

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi 2016-yilda 1 milliard 242 million dollar bo‘lgan o‘zaro savdo hajmi 2020-yilda 2 milliard 101 million dollarga, 2021-yilda esa 3 milliard 645 million dollarga yetdi.

Turkiya o‘tgan yili 8,1 foizlik ulush bilan O‘zbekistonning 4-savdo hamkori bo‘ldi.

2021-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2020-yilga nisbatan 70 foizga o‘sib, ilk bor 3,6 milliard dollarga yetdi.

Turkiya 2021-yilda O‘zbekiston bilan tashqi savdo hajmini oldinga yilga nisbatan 1,5 milliard dollarga oshirgan.

 Turkiyaning O‘zbekistonga eksporti 2021-yilda 1 milliard 845 million dollarni, O‘zbekistonning Turkiyadan importi esa 1 milliard 800 million dollarni tashkil etdi.

Turkiya O‘zbekistonga asosan mashinasozlik, elektron mahsulotlar, mebel va yoritish moslamalari, to‘qimachilik, oziq-ovqat va xalq iste’moli mahsulotlarini eksport qilsa, O‘zbekistondan plastmassa buyumlar, mis, rux va ip-kalava import qiladi.

Turkiya 2021-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p kompaniyaga ega davlat bo‘ldi

Turkiya oʻtgan yili 407 ta kompaniya bilan Oʻzbekistonda eng koʻp kompaniya qurgan davlat boʻldi.

2022-yil yanvar oyi holatiga koʻra, mamlakatda faoliyat yuritayotgan turk kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni 2 ming 123 taga yetdi.

Turkiya Rossiya va Xitoydan keyin Oʻzbekistonda eng koʻp kompaniya tashkil etgan uchinchi davlat boʻldi.

Turk kompaniyalari asosan Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida tashkil etilgan bo‘lib, turk ishbilarmonlari O‘zbekistonda to‘qimachilik, qurilish, sanoat, sog‘liqni saqlash, savdo va qishloq xo‘jaligi sohalarida faol.

Ikki davlat oʻrtasida haftasiga 40 ta muntazam reyslar amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston hukumati Turkiya fuqarolariga 3 kunlik viza berilishini ko‘zda tutuvchi qarorni 2017-yilda imzolagan bo‘lsa, 2018-yilning fevral oyida Turkiya fuqarolari uchun 30 kunlik viza imtiyozi joriy qilingan edi.

Buning natijasida ikki davlat fuqarolarining oʻzaro tashriflari koʻpaydi.

2016-yilda 150 mingga yaqin boʻlgan Turkiyaga tashrif buyurgan Oʻzbekiston fuqarolari soni 2021-yilda 300 ming nafarga yetdi.

Ikki davlat o'rtasida 5 yil oldin haftada 5 marta amalga oshirilgan rejali reyslar so'nggi yillarda sezilarli darajada oshdi.

O‘zaro aloqalarning rivojlanishi bilan ikki davlat aviakompaniyalarining uchadigan yo‘nalishlari soni ham ortib, Istanbul-Toshkent yo‘nalishidan tashqari, Istanbul bilan O‘zbekistonning tarixiy Samarqand, Buxoro, Urganch va Farg‘ona shaharlari o‘rtasida qatnovlar tashkil etila boshlandi.

Hozirda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida haftasiga 40 ta, kuniga 4 ta muntazam reys tashkil etilib, yaqin kunlarda Anqara va Antaliya hamda Istanbuldan O‘zbekistonning turli shaharlariga parvozlar boshlanishi kutilmoqda.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi bu yil birinchi marta 5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda

Mutaxassislar ikki davlat o'rtasidagi o'zaro savdo hajmi o'tgan yili 70 foizga ortganiga diqqat qaratib, bu yil mamlakatlar o'rtasidagi savdo hajmining kamida 50 foizga oshishini taxmin qilmoqda. 2022-yilda ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmining 5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Turkiy kengashning bu yilgi sammiti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston marhum prezident Islom Karimov davrida 2000-yilda Prezident darajasida bo‘lib o‘tgan turkiyzabon davlat rahbarlarining sammitida, 2001-yilda parlament spikeri darajasida bo‘lib o‘tgan sammitda ham ishtirok etgan. Mirziyoyevning prezident etib saylanishi bilan Oʻzbekiston Turkiy kengashga yana qiziqish bildirdi va 17 yillik tanaffusdan soʻng 2018-yilda Bishkekda boʻlib oʻtgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yigʻilishida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Turkiy kengashga 2019-yilda rasman a’zo bo‘ldi.

Turk Davlatlari Tashkilotining bu yilgi sammiti 11-noyabr kuni O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Turkiya-O'zbekiston munosabatlarida o'tmishdan hozirgi kungacha

1991-yil 31-avgustda mustaqilligini eʼlon qilgan Oʻzbekiston bilan 1991-yil 16-dekabrda uni birinchi boʻlib tan olgan Turkiya oʻrtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 4-martda oʻrnatilgan.

Bu yil 4-mart kuni Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlandi.

Turkiyaning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasi 1992-yil aprel oyida ochilgan boʻlsa, Oʻzbekistonning Anqaradagi elchixonasi oʻz faoliyatini 1993-yil yanvar oyida boshlagan.

Geostrategik joylashuvi, chuqur tarixi, boy madaniy qadriyatlar, iqtisodiy salohiyati, 35 milliondan ortiq aholi va Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega bo'lgan O'zbekiston va Turkiya munosabatlarida

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 2016-yil noyabrida Samarqandga tashrifi bilan yangi davr boshlandi.

Shundan so‘ng Sh. Mirziyoyev 2017-yil oktabr oyida Turkiyaga tashrif buyurgan.

Ikki davlat prezidentlarining yaqin do‘stligi va siyosiy irodasi bilan 2017-yilda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan va yillar davomida o‘tkazilmagan Turkiya-O‘zbekiston qo‘shma iqtisodiy komissiyasi yig‘ilishlari qayta o‘tkazila boshlandi.

Ikki davlat rahbarlari raisligida 2018-yilda Turkiya-O‘zbekiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu kengashning birinchi yig‘ilishi 2020-yilda Anqarada bo‘lib o‘tgan edi.

 

 

Yangiliklar