turkiya-prezidenti-ozbekiston-mustaqillik-yodgorligiga-gulchambar-qoydi

Turkiya Prezidenti O'zbekiston mustaqillik yodgorligiga gulchambar qo'ydi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo'g'an O'zbekistonda mustaqillik monumentiga gulchambar qo'ydi.

29 Mart 2022 21:08

Prezidenti Sh. Mirziyoyevning taklifiga binoan O’zbekistonga tashrif buyurgan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Toshkent xalqaro aeroportidan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yo’l oldi.

Prezident Erdog'an va rafiqasi Emine Erdog'anga O'zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev va rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo'g'an  O'zbekistonda mustaqillik monumentiga gulchambar qo'ydi.

Prezident Erdog’an va rafiqasi Emine Erdog’anni Toshkent xalqaro aeroportida O’zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev rafiqasi bilan kutib oldi.

Erdo‘g‘onga  milliy libosdagi o‘zbek qizlari gul sovg‘a qildi.

Prezident Erdog’anni saroyda rasmiy kutib olish marosimi o’tkaziladi.

Ikki davlat rahbari marosimdan keyin dastlab yakka tartibda uchrashadi.

Shundan so‘ng ular Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining 2-yig‘ilishiga raislik qiladilar.

Uchrashuvlarda Turkiya-O‘zbekiston munosabatlarining strategik sheriklik darajasidagi barcha jihatlari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Tashrif doirasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarga hissa qoʻshadigan kelishuv va memorandumlarning imzolanishi ham koʻzda tutilgan.

Yangiliklar