turkiya-prezidenti-r-t-erdo-g-an-o-zbekiston-prezidenti-sh-mirziyoyev-bilan-d

Turkiya prezidenti R. T. Erdo‘g‘an O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev bilan do‘stlik ko’chati ekdi

Turkiya prezidenti R. T. Erdo’g'an va O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama va hay'atlararo uchrashuvlardan so'ng do'stlik ko’chati ekdi.

30 Mart 2022 11:08

Turkiya prezidenti R. T. Erdo’g'an Erdo‘g‘an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan bugun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Erdo‘g‘anni poytaxt Toshkentdagi Xalqaro aeroportda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi.

Erdog’an rasmiy marosim bilan kutib olindi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo'g'an O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Marosimda Turkiya prezidenti Erdog'an va O'zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev marosim maydonida o'z o'rnini egallaganidan so'ng ikki davlat madhiyalari yangradi.

Shundan so’ng  Erdo‘g‘on va Mirziyoyev o‘z delegatsiyalarini bir-biri bilan tanishtirdi.

Ikki davlat rahbari yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazdi

Rasmiy kutib olish marosimidan soʻng Erdogʻan va Mirziyoyev ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.

Ikki tomonlama va delegatsiya uchrashuvidan keyin Erdo'g'an va Mirziyoyev qo’shma matbuot anjumani o'tkazdi.

Erdo‘g‘on va Mirziyoyev do‘stlik daraxti ekdi

Turkiya prezidenti R. T. Erdo’g'an va O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama va hay'atlararo uchrashuvlardan so'ng do'stlik ko’chati ekdi.

 Oʻzbekiston-Turkiya doʻstlik daraxti Toshkentdagi Koʻksaroy bogʻiga oʻtqazilgan.

 

Yangiliklar