turkiya-prezidenti-rajab-toyyip-erdogan-ozbekistonda-rasmiy-marosim-bilan-kut

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo'g'an O'zbekistonda rasmiy marosim bilan kutib olindi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo'g'an O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

29 Mart 2022 21:09

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo'g'an O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Marosimda Turkiya prezidenti Erdog'an va O'zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev marosim maydonida o'z o'rnini egallaganidan so'ng ikki davlat madhiyalari yangradi.

Shundan so’ng  Erdo‘g‘on va Mirziyoyev o‘z delegatsiyalarini bir-biri bilan tanishtirdi.

Rasmiy kutib olish marosimidan soʻng Erdogʻan va Mirziyoyev ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.

Erdo‘g‘on va Mirziyoyev rasmiy marosim oldidan suratga ham tushdi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo'g'an  O'zbekistonda mustaqillik monumentiga gulchambar qo'ydi

Prezidenti Sh. Mirziyoyevning taklifiga binoan O’zbekistonga tashrif buyurgan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Toshkent xalqaro aeroportidan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yo’l oldi.

Prezident Erdog'an va rafiqasi Emine Erdog'anga O'zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev va rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo'g'an  O'zbekistonda mustaqillik monumentiga gulchambar qo'ydi.

 

 

Yangiliklar