turkiya-prezidenti-rajap-toyyip-erdo-g-anning-o-zbekistonga-tashrifi

Turkiya Prezidenti Rajap Toyyip Erdo’g’anning O’zbekistonga tashrifi

Rajap Toyyip Erdo’g’anni kutib olish uchun Toshkent shahrida tayyorgarlik jarayoni yakunlandi.

29 Mart 2022 14:18

Turkiya Prezidenti Rajap Toyyip Erdo’g’an O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2 kunlik tashrif bilan ushbu mamlakatga yo’l oldi.

Tashrif oldidan shaharning asosiy ko‘chalari Turkiya va O‘zbekiston bayroqlari bilan bezatilgan.

"Xush kelibsiz" degan yozuv Prezident Erdo'g'anning fotosuratlari tushirilgan elektron plakatlarda aks ettirilgan.

Shuningdek, shaharda faoliyat yuritayotgan turk firmalari ham o'z binolariga Turk bayroqlarini osdi.

Prezident Erdog’an o’tadigan yo’llarda ham xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

 

 

 

 

Yangiliklar