turkiya-respublikasi-prezidentligi-aloqa-boshqarmasi-tomonidan-toshkentda-turkiy

Turkiya Respublikasi Prezidentligi Aloqa Boshqarmasi tomonidan Toshkentda Turkiya - O'zbekiston munosabatlariga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi

Turkiya Respublikasi Prezidentligi Aloqa Boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, ushbu tadbir ikki davlat o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan.

03 Nisan 2022 12:31

Ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan munosabatlarni mustahkamlash, yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni rivojlantirish, turli sohalardagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini baholash masalalari ko‘rib chiqilgan yig’ilishda, o‘zaro madaniy hamkorlikni  kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbirda “Dog'ush Media Group” tashqi aloqalar va axborot koordinatori Ahmet Yeshiltepe,  Kirshehir Ahi Evran universiteti vakili Prof. Dr. Nur Chetin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim  rahbari Bahromjon Sotiboldiyev, Markaziy Osiyo xalqaro instituti kafedra mudiri, Alisher Sobirov ma’ruza qildi.

“Dog'ush Media Group” tashqi aloqalar va axborot koordinatori Ahmet Yeshiltepe, bu yerda qilgan nutqida, dunyoning qiyin siyosiy muhitida ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun har bir qadam qoʻllab-quvvatlanishi kerakligiga ishonishini va Oʻzbekistonning Turkiyaga eng yaqin davlatlardan biri ekanligini taʼkidladi.

Turkiyaning O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olganini ta’kidlagan Yeshiltepe, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi yaqin va samimiy munosabatlar mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaganini ta’kidladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Prof. Dr. Nur Chetin Turk-Islom madaniyatining Markaziy Osiyodan Onado’ligacha boʻlgan tarixiy jarayoni haqida gapirdi.

Turkiya va O‘zbekiston manfaatlari va maqsadlari bir-biriga mos kelishini va barcha xalqaro platformalarda bir-birini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan prof. Dr. Chetin, ikki o’lka o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, diplomatik va harbiy hamkorlikning do’stlik va qardoshlikka asoslanganligini bildirdi.

Toshkentdagi Markaziy Osiyo xalqaro instituti kafedra mudiri Alisher Sabirov Turkiya Respublikasining tashkil topish jarayoni va Mustafo Kamol Otaturk tomonidan olib borilgan islohotlar O‘zbekistonga o‘rnak bo‘lganini, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan 1991 yildan buyon ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Sobirov ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan tadqiqotlar muhimligini ta’kidlab, ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish zarurligini aytdi.

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar bo‘limi mudiri Bahrom Sotiboldiyev Turkiya-O‘zbekiston munosabatlari O‘zbekiston “Uchinchi Uyg‘onish” deb ta’riflagan yangi davrga salmoqli hissa qo‘shganini, bu jarayonda ikki tomonlama munosabatlar eng yuqori bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

So'nggi paytlarda O'zbekistonga sarmoya kiritgan turk ishbilarmonlari soni ortganiga diqqat qaratgan Sotiboldiyev, Turkiyaning Rossiya va Xitoydan keyin "O'zbekistondagi uchinchi eng katta sarmoyador davlat" ekanligini ta'kidladi.

Yangiliklar