turkiya-va-ozbekiston-biznes-forumida-hamkorlikni-kengaytirish-masalasi-muhokam

Turkiya va O'zbekiston biznes forumida hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi

Turkiya va O'zbekiston biznes forumida to'qimachilik va yengil sanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

01 Temmuz 2022 13:10

Bursa Savdo-sanoat palatasi Boshqaruv Raisi o'rinbosari Ismail Kush, INDEX tadbir maydonidagi biznes forumida dasturni juda qisqa vaqt ichida amalga oshirishga qaror qilganliklarini aytdi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida jiddiy qadamlar tashlanganligini ta’kidlagan Kush nutqini quyidagicha davom ettirdi:

"Biz biznes olami sifatida munosabatlarimizni mustahkam saqlashimiz kerak, deb hisoblayman. Biz butun dunyo bo'ylab sayohat qilamiz.  So'nggi 6 yil ichida 14 davlatga tashrif buyurdik. Biz chaqaloq va bolalar kiyim-kechak sanoatini yaratdik. Bu sohada Bursa dunyodagi yetakchi shaharlardan biri.

O‘zbekiston va Bursa to‘qimachilik sohasida  yirik istiqbollarga ega. Yaqin vaqt ichida aloqalarimiz yanada rivojlanadi".

Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi maslahatchisi Alijan Aksoy esa o’z nutqida  O‘zbekistonda 5 yil davomida ulkan islohotlar dasturi amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Mintaqaviy tashqi siyosatda juda muhim qadamlar tashlanganiga e’tibor qaratgan Aksoy,

Iqtisodiy munosabatlar har doim siyosiy munosabatlardan bir qadam oldinda yurishini, shuning uchun ham ishbilarmonlarga yo'l ochish kerakligini aytdi.

“Mahsulotning 70-80 foizi eksport qilinadi”

Chaqaloqlar va Bolalar Kiyim Sanoatchilar va Ishbilarmonlar Uyushmasi raisi O'mer Yildiz, Bursa kompaniyalari mahsulotlarining 70-80 foizini eksport qilishini aytib, shaharning ishlab chiqarish salohiyati haqida ma'lumot berdi.

U yangi davrda O‘zbekiston bilan tijoriy aloqalarni rivojlantirishda bunday tashkilotlar muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov to‘qimachilik sanoatiga oid ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashar ekan, bundan buyon ham ishbilarmonlarni qo‘ldan kelgancha qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini  ta’kidladi.

Yangiliklar