turkiya-va-turkiy-tilli-davlatlar-hamkorligi

Turkiya va turkiy tilli davlatlar hamkorligi

Turkiy tilli davlatlar mustaqilligining 30 yilligi arafasida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho'g'lu Turkmaniston, O'zbekiston va Qirg'izistonga rasmiy tashrif uyushtirdi

11 Mart 2021 19:23

Turkiy tilli davlatlar mustaqilligining 30 yilligi arafasida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho'g'lu Turkmaniston, O'zbekiston va Qirg'izistonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Ushbu tashrif juda muhim davrga to’g’ri keldi. Birinchidan, turkiyzabon davlatlar bu yil o'z mustaqilligining 30 yilligini nishonlamoqdalar, ikkinchidan, Ozarbayjon o'zining bosib olingan hududlarini ozod qildi. Tog'li Qorabog' urushi paytida Anqara va Boku o'rtasidagi birdamlik turkiyzabon mamlakatlar uchun yaxshi namuna bo'ldi.

Ma'lumki, Chavusho’g'lu bu safar Qozog'istonga tashrif buyurmagan, chunki 2021 yil 31 martda Turkiya Respublikasi Prezidenti R. T. Erdo'g'anning Qozog'istonga tashrifi buyurishi kutilmoqda.

Turkiyaning Turkmaniston va O'zbekiston bilan hamkorligi ham so'nggi yillarda rivojlanib bormoqda. Turkiya va Qirg'iziston o'rtasidagi munosabatlar ham kundan-kunga rivojlanib borayotganligiga qaramay, FETO (fathullohchi tashkilot) masalasida ushbu ikki davlat bir-biridan farqli pozitsiyaga ega.

Chavusho’g'lu avvalo Turkmanistonga tashrif buyurdi. U Ashxobodda Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Muzokaralar natijasida qabul qilingan qarorlarga asoslanib, 2021 yil Turkiya va Turkmaniston uchun samarali yil bo'ladi degan xulosaga kelish mumkin. Shunday qilib, ikki mamlakat davlat rahbarlari uchrashishi kutilmoqda. Shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston prezidentlari o’rtasida sammiti o’tkazish rejalashtirilgan. Ikki mamlakat o'rtasida iqtisodiyot, energetika, logistika va transport sohalarida shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

So'nggi 30 yil ichida Turkiya Turkmanistonda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirgan.

Turkiya-O'zbekiston ikki tomonlama munosabatlari yangi pog’onaga olib chiqildi. Samarqandda Turkiya bosh konsulligining ochilishi va pandemiyadan keyin ikki mamlakat o'rtasida parvozlarni ko'paytirish to'g'risidagi qaror bunga dalildir.

Turkiya kompaniyalari O'zbekistonning Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida turizmni rivojlantirishda faol ishtirok etadi. Bu esa ikki mamlakat o'rtasidagi investitsiya va turizm sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi.

 

2021 yilda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anning davlat tashrifi bilan O'zbekistonga kelishi kutilmoqda. Tashrif davomida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratiladi.

Tomonlar erkin savdo bo'yicha kelishuvga erishish uchun muzokara olib bormoqda

Bundan tashqari, O'zbekiston Turkiyada ishlab chiqarilgan qurollarga, shu jumladan uchuvchisiz uchish vositalariga qiziqish bildirmoqda.

Chavusho’g'lu O'zbekistonga tashrifidan so'ng Qirg'izistonga tashrif buyurdi. Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho'g'lini qabul qildi.

Shundan keyin Chavusho’g'lu Qirg'iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri R. Qozoqboyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda 30 yosh to'lgan Qirg'iziston-Turkiya diplomatik aloqalarini yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Mevlud Chavusho’g'lu, Qirg'iz-Turk Manas Universitetida tibbiy laboratoriya va sog’liqni saqlash markazi ochilishida ishtirok etdi. Kelajakda Qirg'iziston va Turkiya o'rtasidagi  savdo hajmini 1 milliard dollarga olib chiqish rejalashtirilgan.

Turkiyaning Maorif jamg'armasi ham ushbu mamlakatda o'quv markazlarini ochadi.

Turkiya va Markaziy Osiyodagi turkiy tilli davlatlar madaniy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Turk Kengashi, Turkiy tilli mamlakatlarning parlament assambleyasi (TURKPA), Turk madaniyati xalqaro tashkiloti (TURKSOY), Turk akademiyasi, Yunus Emre instituti (YEE), Xorijdagi turklar va qardosh hamjamiyatlar   (YTB), Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) kabi tashkilotlar o'zaro hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo'shmoqda.

Yangiliklar