turkiyadagi-15-iyul-voqealari-shahidlari-toshkentda-yod-etildi

Turkiyadagi 15 iyul voqealari shahidlari Toshkentda yod etildi

Toshkentda 15-iyul Demokratiya va Milliy Birdamlik kuni munosabati bilan xotira marosimi tashkil etildi.

15 Temmuz 2022 19:42

Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda elchixona xodimlari, Turkiyaning Toshkentdagi muassasalari mutasaddilari hamda matbuot vakillari ishtirok etdi.

Tadbir 15-iyul shahidlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlashdan so‘ng O‘zbekiston Davlat madhiyasi va Turkiya davlat madhiyasi kuylanishi bilan boshlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Toshkentdagi elchi o‘rinbosari Alijan Aksoy, 2016-yil 15-iyul kuni Fetullohchi terror tashkiloti (FETO) tomonidan 252 fuqaroning hayotiga zomin bo‘lgan, 2000 dan ortiq kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan davlat to‘ntarishiga urinishdan buyon 6 yil o‘tganini eslatdi.

Aksoy:

"15-iyulga o'tar kechasi FETO terror tashkiloti davlatimiz uchun katta xavf borligini fosh qildi. Bu tahdidni bartaraf etishda eng katta ulush o'z ustidan hech qanday hokimiyatni tan olmasligini isbotlagan turk xalqiga tegishli",-dedi.

Oxirgi 6 yil ichida Turkiya davlatining asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri FETOga qarshi ichki va xorijda kurash olib borilishi, 15-iyul voqealari aybdorlarning birinchi navbatda, qonun ustuvorligi asosida javobgarlikka tortilishi bo'ldi.

Bu jarayonda FETOning ichki tuzilishi asta-sekin zaiflashgani, yangi strategiya o'zgarishidan o'tib, tashqi faoliyatlariga e'tibor qarata boshlagani ta'kidlandi.

Yangiliklar