02 Nisan 2021 22:50
Go’beklitepa Turkiyaning Shanliurfa shahridan 18 km uzoqlikda joylashgan. Go’beklitepada arxeologik qazish ishlari 1995 yilda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Madaniy meros va muzeylar bo'limi ruxsati bilan boshlangan.
Qazish ishlari Germaniya arxeologiya instituti va Shanliurfa muzeyi tomonidan
germaniyalik arxeolog, professor Klaus Shmidt boshchiligida amalga oshirildi.
Arxeologik qazish ishlari natijasida bir qator tarixiy topilmalar topildi. Ular orasida neolit davriga oid yovvoyi hayvonlar shaklidagi “T” shaklidagi toshlar, diametri 8-30 metr bo'lgan qadimiy dumaloq va to'rtburchaklar shaklidagi ibodatxonalar va taxminan 12 ming yil avvalgi 65 sm uzunlikdagi odam haykali bor.
Shanliurfadagi Go’beklitepa arxeologik yodgorligi 2018 yil 1 iyul kuni YUNESKOning Jahon merosi qo'mitasining 42-sessiyasida Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.
2019 yilda Go’beklitepa arxeologik maydonining rasmiy ochilishi Turkiya Respublikasi Prezidenti R. T. Erdo'g'an ishtirokida bo'lib o'tdi. 2019 yil ham Go’beklitepa yili deb e'lon qilindi.