turkiyalik-kikbokschilar-o-zbekistonda-12-ta-medalni-qo-lga-kiritdi

Turkiyalik kikbokschilar O‘zbekistonda 12 ta medalni qo‘lga kiritdi

Turkiyalik sportchilar Kikboks bo‘yicha O‘zbekistonda o‘tkazilgan turnirda jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi, ulardan 7 tasi oltin medaldir.

05 Temmuz 2022 13:46

Turkiya kikboks federatsiyasidan berilgan bayonotga ko'ra, milliy terma jamoa Toshkentda o'tkazilgan  musobaqalardan 7 ta oltin va 5 ta kumush medal bilan qaytdi.

Milliy sportchilar Selvinaz Jura, Furkan Shahin, Okan Bug'ra Karaman, Mevlut Jan Gungor, Kevser Ertug'ral, Zekiye Yilmaz va Koray Yag’mur  o’z vazn toifalarida chempion bo'ldi.

Perrun Shahin, Hakan Karag‘oz, Gaye Nur Yildirim, Musa Tan va Derya Kırmızıgul esa ikkinchi o’rinni egalladi.

Bayonotda Turkiya kikboks federatsiyasi prezidenti Salim Kayji, milliy terma jamoa va texnik guruhni tabriklab:

 "Bu turnir Konyada o'tkaziladigan Islom birdamlik o'yinlari oldidan yaxshi tayyorgarlik bo'ldi. Sizlarga muvaffaqiyatlar tilayman",-degan.

Yangiliklar