turkiyaning-10-davlat-bilan-diplomatik-aloqalar-ornatganining-30-yilligi-anqara

Turkiyaning 10 davlat bilan diplomatik aloqalar o'rnatganining 30 yilligi Anqarada nishonlandi

Turkiyaning Ozarbayjon, Belarussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatganining 30 yilligi munosabati bilan Anqarada “Do‘st va qardosh davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir” bo‘lib o‘tdi.

06 Haziran 2022 16:26

Prezidentlik Milliy kutubxonasida tashkil etilgan ziyofatga Turkiya  Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Anqaradagi elchilar va ushbu davlatdagi diplomatik missiya vakillari ishtirok etdi.

Ziyofatda so’zga chiqqan M. Chavusho’g’li, Turkiyaning yuqorida tilga olingan davlatlar bilan ko’p asrlik do’stligiga e’tibor qaratdi.

Yevroosiyoning dunyoning eng strategik mintaqalaridan biri ekanligiga e'tibor qaratgan Chavusho'g'li:

 "Afsuski, oxirgi paytlarda bir qator qiyinchiliklarga duch keldik.  Ukraina urushi barchamizga chuqur ta'sir qilmoqda. Biz urushga yechim topishni osonlashtirish uchun o'z burchimizni  bajaramiz",-dedi u.

Adolatli tinchlik tomonlarning irodasiga bog'liq ekanini ta'kidlagan Chavusho'g'li, Turkiyaning kerakli yordamni berishda davom etishini ta'kidladi.

Turkiyaning dunyodagi oziq-ovqat inqiroziga yechim topish uchun katta sa'y-harakatlar olib borayotganini aytgan Chavusho'g'li:

 "Bu mavzuda BMT, Ukraina va Rossiya bilan aloqadamiz. Chorshanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaga keladi. Biz qadrli do'stim -Ukraina tashqi ishlar vaziri Dimitro Kuleba bilan ham doimiy aloqadamiz”,-degan.

Shuningdek, M. Chavusho'g'li, Markaziy Osiyo va Kavkazning barqarorligi va farovonligiga hissa qo'shish Turkiya tashqi siyosatining asosi ekanligini bildirdi.

Turkiya-Ozarbayjon munosabatlari  yuqori darajada ekanligini ifoda etgan Chavusho’g’li:

 “Ozarbayjonning bosib olgan yerlarini qaytarib olishi bilan doimiy tinchlik va barqarorlik uchun muhim bir imkoniyat  ochildi.Umid qilamizki, Kavkazda bu imkoniyat qo’ldan boy berilmaydi”,- dedi.

“Turk davlatlari tashkiloti hamkorligimizning mevasidir”

Chavusho’g’li, O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston va Turkmaniston o’rtasidagi munosabatlarning o’lchovlariga ham to’xtalib:

 “Turk Davlatlari Tashkiloti mushtarak hamkorligimizning mevasidir”,-dedi.

Turkiyaning Belarussiya, Gruziya, Ukraina va Moldova bilan do'stona aloqalari borligini ta'kidlagan Chavusho'g'li:

 "Strategik sheriklarimiz Ukraina, Moldova va Gruziyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo'llab-quvvatlaymiz",-dedi.

Ukrainani har sohada qo'llab-quvvatlashda davom etishini ta'kidlagan Chavusho'g'li, yuqorida tilga olingan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar 2021-yilda 30 milliard dollarga yetganini aytdi.

Shuninghdek u Turk pudratchilarning bu mamlakatlarda qiymati 110 milliard dollardan oshiq loyihalarni amalga oshirganligini ifoda etgan.

Bu mavzuda Ozarbayjon, Gruziya, Qozog’iston, Turkmaniston va O’zbekiston bilan muzokaralar davom etishini qayd etgan Chavusho’g’li:

 “27 iyun kuni Turkiya-Ozarbayjon-Qozog’iston tashqi ishlar va transport vazirlari yig’ilishini ham Bokuda o’tkazamiz”,-dedi.

Chavusho‘g‘li, yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Hayotning qiyin yo‘lida yolg‘iz o‘tib bo‘lmaydi, bir-biriga yelka tutgan har qanday to‘siqni yengib o‘tadi” degan so’zlarini eslatib, Turkiyaning kelajakka do'st davlatlar bilan yelkama-yelka qadam tashlashni istashini qo'shimcha qildi.

“Bizning munosabatlarimiz Shusha deklaratsiyasi bilan strategik ittifoq darajasiga ko‘tarildi”

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Bayramov o’z nutqida Turkiyaning xalqaro maydonda oʻz nomini xorijiy tillarda “Turkiya” deb oʻzgartirish qaroriga toʻxtalib:

“Qardosh davlatning Turkiya deb nomlanishi, Turk millati sivilizatsiyasi, madaniyati va qadriyatlarining eng yaxshi ifodasidir",- dedi.

Turkiyaning o'z mamlakati mustaqilligini birinchi bo'lib tan olganini eslatgan Bayramov, bugungi kundagi aloqalar xalqlar o'rtasidagi va ikki davlat rahbarlari o'rtasidagi qardoshlik munosabatlari darajasida ekanini ta'kidladi.

“Bizning munosabatlarimiz Shusha deklaratsiyasi bilan strategik ittifoq darajasiga ko‘tarildi”,-dedi u.

“Turkiya taraqqiyoti Ozarbayjonliklarning ko’nglini ko’tarmoqda”

Turkiya-Ozarbayjon munosabatlarining katta siyosiy va iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ta’kidlagan Bayramov, ikki davlat ittifoqi mintaqada tinchlik, xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilishini ta’kidladi.

Ikki davlat hamkorlikda amalga oshirayotgan Trans-Anadolu tabiiy gaz quvuri (TANAP), Boku-Tbilisi-Kars temir yoʻli va Trans-Adriatik quvur liniyasi (TAP) kabi loyihalarga toʻxtalib oʻtgan Bayramov, ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar yana ham yaxshilaganini aytdi.

Turk Davlatlari Tashkilotining dunyo tinchligiga xizmat qilganiga e’tibor qaratgan Bayramov:

“Turkiya taraqqiyoti Ozarbayjonliklarning ko’nglini ko’tarmoqda”,-dedi.

 

 

Yangiliklar