turkiyaning-birinchi-ayol-uchuvchi-polkovnigi-shenay-gunay-84-yoshni-qarshi-oldi

Turkiyaning birinchi ayol uchuvchi-polkovnigi Shenay Gunay 84 yoshni qarshi oldi.

Uzoq yillar davomida u havo kuchlari formasini  faxr bilan kiygan Turkiyaning birinchi ayol uchuvchi polkovnigi Shenay Gunay 84 yoshda.

25 Nisan 2022 14:49

Shenay Gunay boshlang'ich va o'rta ta'limni Antakyada tugatgan.

Keyinchalik Istanbul universitetining huquq fakultetida tahsil olgan Gunay ikkinchi kursda  o'qib yurganida  bir e'lonni  eshitib qoldi.

Unda harbiy maktablarning eshiklari turk  qizlari uchun ham ochilganligi ma’lum qilingan edi.

Uning otasi Chanoqqal'a faxriysi, katta akasi esa Koreya urushi faxriysi edi.

U ham ularning izidan bordi.

U doimo uchishga qiziqqan 

1956 yil 1 noyabrda Izmirdagi Harbiy havo kuchlari akademiyasiga o‘qishga kirdi.

Bu yerda atigi 12 nafar qiz talaba bor edi.

1958 yil 30 avgustda  o’qishni bitirdi.

Izmirdagi  aviatsiya maktabida uchuvchilik ta’limidan  keyin esa Eskishehirda reaktiv samolyot  ta'limni tugatdi.

U 1960 yil 15 sentyabrda dunyodagi birinchi ayol  reaktiv samolyot uchuvchilari qatoridan joy oldi.

U o'z  ko’krak nishonini g’urur bilan taqdi

12 nafar ayoldan faqat 2 nafari uchuvchi nishonini taqsihga musharraf bo’ldi.

Turkiyaning bu  reaktiv samolyot uchuvchisi boshqa davlatlarning ham e’tibirini tortdi. Shenay Gunay haqida nemis jurnalining   jildidan ham joy oldi.

U Etimesgutdagi 12-havo bazasi qo'mondonligiga xizmat ko’rsata boshaldi.

Turkiyaning birinchi havo uchuvchisi polkovnigi Shenay Gunay yillar o'tib yana Etimesgutda bo'ldi. U aviatsiya muzeyiga tashrif buyurdi. U o‘sha paytlarda o’zi foydalangan va hozir muzeyda namoyish etilayotgan samolyotlar bilan yana uchrashdi.

Gunay harbiy havo kuchlarida 23 yil 9 oy 3 kun xizmat qildi.

U 2000 soatdan ortiq parvoz qilgan. U 1980-yil 4-sentabrda nafaqaga chiqishni so‘radi.

Turkiyaning birinchi ayol uchuvchi polkovnigi Shenay Gunayning nafaqaga chiqqaniga 42 yil bo'ldi.

U 83 yillik hayotida ham uchuvchilik, ham rassomlikni uddasidan chiqdi.

"Orzularingizga intiling"

Iste’fodagi polkovnik yoshlarga quyidagicha  maslahat berdi:

“Men orzuimni amalga oshirdim. Yoshlar orzularingizga intiling,  ular uchun kurashing va  taslim bo'lmang”,-dedi u.

Yangiliklar