turkiyaning-istanbul-shahrida-turkiy-davlatlar-tashkilotiga-a-zo-va-kuzatuvchi-d

Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning Kadrlar resurslari bo‘yicha tegishli idora va tashkilotlari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning Kadrlar resurslari bo‘yicha tegishli idora va tashkilotlari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

02 Ağustos 2022 17:39

Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning Kadrlar resurslari bo‘yicha tegishli idora va tashkilotlari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson resurslari idorasi tashabbusi bilan tashkil etilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.  

Tadbir davomida turkiy davlatlarning davlat xizmatida kadrlar resurslarini rivojlantirish va boshqarish masalalari muhokama qilindi. Bu borada o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.  

Ishtirokchi davlatlarning davlat xizmatida inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish tajribasiga oid taqdimotlari o‘tkazildi.

Jumladan, O’zbekiston Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departamenti rahbari Botu Alimov “Davlat xizmatchilari salohiyatini rivojlantirishning asosiy masalalari va istiqbollari” mavzusida ma'ruza qildi. 

Yangiliklar