turkiyaning-xorijiy-tillardagi-rasmiy-nomi-ozgartirildi-bundan-buyon-mamlakatn

Turkiyaning xorijiy tillardagi rasmiy nomi o'zgartirildi. Bundan buyon mamlakatning xorijiy tillardagi rasmiy nomi “Turkey” emas, balki “Turkiya” bo‘ladi.

Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkilotidan chet tilidagi nomini  oʻzgartirishni soʻragan va bu talab  qabul qilingan

02 Haziran 2022 13:18

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishni Turkiyaning xorijiy nomini “Turkey” o‘rniga “Turkiya” deb o‘zgartirishga chaqirdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Turkiyaning talabini qabul qildi. Bu haqda tashkilot matbuot kotibi Stefan Dyujarich ma'lum qildi. Shunday qilib, Turkiyaning rasmiy nomi xorijiy tillarda “Turkiya” bo‘ladi.

Eslatib o'tamiz, M. Chavusho’g’li bir necha kun avval Prezident Rajab Toyyib Erdog’an bilan uchrashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an tashabbusi bilan Turkiya BMTga xorijiy tillarda o’z nomini o‘zgartirish talabi bilan rasmiy maktub yo‘llagan.

Yangiliklar