turkiyaning-ziroat-banki-ozbekistondagi-beshinchi-filialini-ochdi

Turkiyaning Ziroat banki O'zbekistondagi beshinchi filialini ochdi

Farg'onada Ziroat banki filiali ochildi

02 Haziran 2021 15:41

Xorijda keng xizmat ko'rsatish tarmog'iga ega bo'lgan Ziroat Bankining filiali Farg'ona shahrida ochildi.

Bu ushbu mamlakatdagi 5-filial bo'lib, bundan oldin Toshkent va Samarqandda jami 4 ta filial ochilgan edi.

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Turkiyaning O'zbekistondagi elchisi O'lgan Bekar hamda ko'plab mehmonlar ushbu mintaqada zich aholiga ega shaharlardan biri bo'lmish  Farg'onadagi ochilish marosimida qatnashdilar.

Ziroat Bankining O'zbekistondagi bosh menejeri Zafer Janpo'lat ochilish marosimidagi nutqida, Ziroat bankining 1993-yilda bu yerdagi bank sohasiga  O'zbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi birinchi bank sifatida qadam qo'yganligini eslatib o'tdi.

U Ziroat bankining so'nggi yillarda o'ta jiddiy rivojlanish harakatini boshlagan O'zbekistonda zamonaviy bank xizmatlarini ko'rsatish orqali mijozlarini ko'paytirishni maqsad qilganligini ta'kidladi.

Farg'onadan keyin Buxoro, Andijon va Namanganda o'z filiallarini ochishni maqsad qilganliklarini aytgan Janpo'lat: "Biz ota-bobolarimiz vatani, qadim O'zbekistonda o'z filiallarimizni ochganimizdan faxrlanamiz", - dedi.

Farg'ona viloyati hokimi Bozorov ham Turkiya O'zbekistonning eng muhim hamkorlaridan biri ekanligini ta'kidlab, ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ko'plab sohalarda jadal rivojlanib borayotganini aytdi.

“Dunyoda o'z o'rni va ta'siriga ega bo'lgan Ziroat bankining O'zbekistondagi faoliyatidan juda mamnunmiz" - dedi, Bozorov.

O'z navbatida O'lgan  Bekar tarixiy Ipak yo'lida joylashgan va tarixda xonliklarning poytaxti bo'lgan hamda mamlakat aholisining 10 foizini tashkil etgan Farg'ona mintaqaning eng muhim qishloq xo'jaligi, savdo, fan va madaniyat markazi bo'lganini eslatib o'tdi.

U Ziroat bankining mamlakat iqtisodiy hayotiga katta hissa qo'shishiga ishonch bildirdi.

Yangiliklar