turkmaniston-poytaxti-ashxobod

Turkmaniston poytaxti-Ashxobod

Turkmaniston poytaxti Ashxobod 1 million aholiga ega bo'lib, ushbu mamlakatning eng yirik shahridir.

18 Haziran 2022 17:33

Turkmaniston poytaxti Ashxobod  yodgorliklari,  oppoq marmar binolari va toza  ko‘chalari bilan mashhur.

Poytaxt o‘zining arxitekturasi va tungi go'zalligi bilan ajralib turadi.

Dunyo shaharlari orasida Ashxobod 2013 yilda Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan sababi shahardagi binolarning aksariyati oq marmar bilan qoplangan.

Turkmanistonda otlarga bo'lgan katta qiziqish tufayli Turkman otlari davlat ittifoqi muassasasi ham tashkil etilgan. Yaltiroq terilari tufayli "Oltin otlar" nomi bilan ham tanilgan, mintaqada keng tarqalgan Axal taka oti o'zining tezligi, chidamliligi, aql-zakovati bilan ajralib turadi.

Ashxobod Osiyoning zamonaviy va rivojlangan shaharlaridan biridir.

Tarixiy Ipak yo‘li yo‘nalishida joylashgan Turkmaniston ayni vaqtda mintaqaning energiya markazlaridan biridir.

Turkmaniston tomonidan qabul qilingan Betaraflik Doimiy Nizomi Ashxobodni xalqaro hamkorlik markaziga aylantirdi va 2021 yil mamlakatda “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilindi.

Yangiliklar