turkmanistonda-tandir-kundalik-hayotda-keng-qollaniladi

Turkmanistonda tandir kundalik hayotda keng qo'llaniladi

Turkman xalqi madaniyatida tandir alohida o'rin tutadi

12 Haziran 2022 13:10

 

Qadimda yon-atrofdan kelgan mehmolar biror bir qishloqni uzoqdan kuzatib, tandirning oz-ko‘pligiga qarab o‘sha qishloq ahlining ahilligiga baho bergan.

Qishloqda tandirlar kam bo‘lsa, bu qishloqning hamjihatlikda, tinch-totuvlikda yashashini anglatardi.

Tandir boshida non yeb, suv ichish esa xayirli nasiba hisoblanadi.

Turkmanistonda tandir nonini tayyorlashda maxsus, yozilmagan qoidalar mavjud.

Nonning ikki tomonini teng qizartirish kishidan alohida mahorat talab qiladi.

Tandir boshida buvilar oilasi, vatani omonligi, farovonligini tilab duo qilishadi. 

Tandirda nonlar pishirilgach, chelakdagi qolgan suv oyoq bosmaydigan joylarga sepiladi.

Eng qadimgi an'analaridan biri yangi pishirilgan nonni baham ko'rishdir.

“Tandirdan chiqqan birinchi non – uyning barakasi” degan naqlni e’zozlagan buvilarimiz tandirdan chiqqan birinchi nonni tarqatishmaydi, keyingi nonlarni esa bolalar, qo‘ni-qo‘shnilar bilan  baham ko‘rishadi.

Tandirda non pishirilayotganda mehmon kelsa, bu mehmonning rizqi deb qaraladi va unga albatta issiq non beriladi.

Yangiliklar