turkmanistonda-yangi-davlat-rahbari-va-yangi-islohatlar

Turkmanistonda yangi davlat rahbari va yangi islohatlar

TurkmanistondaSardor Berdimuhamedov 72,97 foiz ovoz olib, 12-mart kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. Turkmanistonda yangi davlat rahbari davrida qanday yangi islohatlar o'tkaziladi?

22 Mart 2022 16:57

2022-yil 15-mart kuni Turkmanistonda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida Vazirlar Mahkamasi va Davlat xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda bo‘lib o‘tgan muhim ijtimoiy-siyosiy voqea – tanlov asosida tashkil etilgan Turkmaniston Prezidenti saylovi yakunlari muhokama qilindi va Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari S. Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti sifatida tan olindi.

Yig‘ilishda yangi saylangan Davlat rahbari ishtirokchilarga tabrik va samimiy so‘zlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Turkmanistonning yangi saylangan Prezidenti Sardor Gurbangulyevich Berdimuhamedov Mustaqil, doimiy neytral Vatan fuqarolari oldiga murojaat qilib, saylovda faol ishtirok etgan fuqarolarga hamda ovoz berib, unga ishonch bildirgan saylovchilarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

U Gurbanguli Berdimuhamedovning Turkmaniston davlatining iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va uning xalqaro nufuzini oshirishda ulkan ishlarni amalga oshirganini ta’kidladi.

U Milliy kengash tarixiy majlisida qabul qilingan “Suveren davlatning yangi davri tiklanishi: Turkmanistonni 2022-2052-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish milliy dasturi”dagi ustuvor vazifalarga to’xtalib o’tdi.

 S. Berdimuhamedov Mustaqillikning 30 yilida shakllangan taraqqiyot yo‘li, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va ijtimoiy hayotda boshlangan islohotlar izchil davom ettirilib, yuksak saviyani ta’minlashga qaratilgan dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlashga harakat qilinishini ta’kidlagan.

Mamlakatning yangi saylangan Prezidenti S. Berdimuhamedov butun Turkmaniston xalqining mustaqil, doimiy neytral Turkmanistonga tinchlik, xavfsizlikni ta’minlash, dunyoda tinchlik, o‘zaro ishonchni mustahkamlash, taraqqiyot va farovonlikka katta ishonch bildirishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonning yangi saylangan Prezidenti S. Berdimuhamedovni Prezident saylovida mamlakat qonunchiligi va umume’tirof etilgan huquqiy me’yorlar asosida raqobatbardosh, va oshkora g‘alabasi bilan samimiy tabrikladi:

“Bu g‘alaba xalqimizning ishonchi samarasidir. Insonlarning imoni esa muqaddasdir va bu o‘zini oqlash kerak. Buning uchun eng avvalo Vatanni, suyukli xalqni sevish kerak.

Siz hamisha xalq g‘amxo‘rligi bilan yashashingiz, butun kuch va g‘ayratingizni uning manfaatlariga qaratishingiz kerak”-dedi u.

Shundan keyin G. Berdimuhamedov Turkmanistonning yangi saylangan Prezidentiga Mustaqil, doimiy  betaraf Turkmanistonning yanada gullab-yashnashi yo‘lidagi serqirra faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Turkmanistonning yangi saylangan prezidenti S. Berdimuhamedov qasamyod marosimida so‘zlagan nutqida:

“Bizning asosiy maqsadimiz – jonajon Vatanimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish, butun dunyoda tinchlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashdan iborat.

Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Kengashining tarixiy majlisida qabul qilingan va kelgusi 30 yilda Vatanimizni ravnaq topishiga qaratilgan Milliy dasturda bu yuksak maqsadlarga erishish yo‘li aniq belgilab berilgan. Ushbu dastur “Suveren davlatning yangi davri tiklanishi: 2022-2052 yillarda Turkmanistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish milliy dasturi” deb nomlanadi”,-degan.

Turkmanistonda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi yil sayin ortib bormoqda.

Turkmaniston dunyodagi eng yirik gaz zaxiralaridan biridir. Mamlakat neft resurslariga ham ega.

Eksportda ayniqsa,  gaz va neft mahsulotlari, paxta, toʻqimachilik va gilam mahsulotlari katta o’rin tutadi.

Hozirgi vaqtda Xitoy gaz mahsulotlarining eng yirik xaridoridir. Eksport tushumining qariyb 80 foizi tabiiy gaz hissasiga to‘g‘ri keladi.

2021-yilda Turkmaniston yalpi ichki mahsuloti 54 milliard dollarga yetdi va mamlakatdagi aholi jon boshiga daromadi 8800 dollar atrofida bo‘ldi.

Turkmanistonda yangi davlat rahbari  davrida qanday yangi islohatlar  o'tkaziladi?

Turkmanistonda ham mintaqada ham islohotlarga umid kuchaygan. Ayniqsa, butun dunyoda ro‘y berayotgan salbiy o‘zgarishlar bilan Turkmanistonda ayniqsa oziq-ovqat ishlab chiqarish, ishsizlik, daromad yetishmasligi va ijtimoiy huquqlarda juda ko‘p jiddiy muammolar mavjud.

Yangi Prezident saylovi jarayonida davlat boshqaruvini takomillashtirish, mas’uliyat va oshkoralikni oshirish, xususiy va jamoat ishlarini modernizatsiya qilish, aholi bandligi va farovonligini oshirish, xususiy sektorga sarmoya kiritish uchun yangi imkoniyatlar yaratish, davlat boshqaruvini rivojlantirish bo‘yicha yangi dasturlar yaratish kabi vazifalar belgilandi.

Qishloqlarda qishloq xo‘jaligi va turizmni rivojlantirish alohida ta’kidlandi.

So‘nggi paytlarda Turkiya va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanmoqda. Turkiya Prezidenti R. T. Erdo’g'an, Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqotda Turkiyaning yangi davrda ildizlari, tarixi va madaniyati mushtarak bo'lgan Turkmaniston bilan aloqalarini mustahkamlashda davom etishini bildirdi. Bu Turkiyaning mintaqaga nisbatan tashqi siyosatidagi barqaror yondashuvi davom etishini ko'rsatadi.

 

 

Yangiliklar