turkmanistondagi-antik-niso-qalasi

Turkmanistondagi antik Niso qal'asi

Oradan ming yillar o'tganiga qaramay ushbu tarixiy asar qadimgi yunon va rim san'atining namunasi sifatida saqlanib qolgan

29 Mayıs 2021 14:19

Parfiya imperiyasining poytaxti bo’lgan antik Nisa - Ashxobod shahridan 18 km janubi-g'arbda, Bagir qishlog'i yaqinida joylashgan qadimiy shahardir.

Tarixiy manbalarga ko'ra, Nisadagi qasrlar Parfiya imperiyasi davrida qurilgan bo'lib, u dunyodagi eng qudratli davlatlardan biri sifatida namoyish etilgan. Ushbu qasrlar qurilganidan so’ng oradan ming yillar o'tgan bo'lsa-da, u qadimgi yunon va rim san'atining namunalari sifatida saqlab qolingan.

 

Eski Nisa qal'asi

Qadimgi Nisa saroy va ma'bad binolari jamlangan markaz bo'lgan. Arxeologik qazishmalar paytida Parfiya imperiyasi xazinasi va hujjatlar saqlanadigan ombor va marmar, oltin, kumush va fil suyagidan yasalgan buyumlar topildi.

Shuningdek, qadimgi Nisa qal'asida davom etayotgan arxeologik qazishmalar paytida ma'bad ham topilgan.

 

Yangi Nisa qal'asi

Yangi Nisa qal'asi eski Nisa qal'asidan 1,5 km shimoli-g'arbda joylashgan. Odamlarning aksariyati "Yangi Nisa" qal'asida yashagan. Arxeologik qazishmalar natijasida qal'ada bir nechta turar joy va ma'muriy binolar bo'lganligi aniqlandi. Nisa qal'asi 2007 yilda YuNESKO tomonidan Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.

 

Yangiliklar