turkmanistondagi-goktepe-ko-ktepa-milliy-muzeyi

Turkmanistondagi "Goktepe" (Ko’ktepa) milliy muzeyi

Ahal viloyatida joylashgan Ko’ktepa milliy muzeyi 2009-yil 9-may kuni ochilgan.

16 Nisan 2022 12:06

Muzey binosi 2 qavatdan iborat.

Birinchi qavatda turkmanlarning kundalik hayoti, etnografiyasi, Turkmaniston tarixi, Ko’ktepa urushi fotosuratlari, milliy xususiyatlarni aks ettiruvchi qadriyatlar, o'sha davr liboslari, turkman oq chodiri, zargarlik buyumlari va kulolchilik ishlari namoyish etilmoqda.

Shuningdek, muzeyning ushbu qavatida konferentsiya zallari mavjud.

Muzeyning ikkinchi qavatidan xalq qahramonlari suratlari, tarixiy ashyolar, etnografik boyliklar, arxiv hujjatlari va fotosuratlar o‘rin olgan.

1500 dan ortiq tarixiy eksponatlarni o'z ichiga olgan muzeyning ko'rgazma maydoni 2011 kvadrat metrni tashkil etadi.

Ko’ktepa Milliy muzeyi mahalliy hududdagi tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, tadqiq etish va dunyoga targʻib qilish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshiradi.

Muzey ilmiy-tadqiqot ishlarini, ilmiy-uslubiy tadqiqotlar olib borishni, ilmiy maqolalar nashr etishni, esdalik buyumlarini ishlab chiqarish va sotishni, shuningdek, xodimlarning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirib kelmoqda.

 

Yangiliklar