turkmanistonlik-sportchi-oltin-medalga-ega-boldi

Turkmanistonlik sportchi oltin medalga ega bo'ldi

Oltin medal jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan turkmanistonlik Yulduz Jumabayevaga nasib etdi

11 Mart 2021 19:36

2018 yilda og'ir atletika bo'yicha Jahon chempionati Ashxobodda bo'lib o'tdi. Unda Tailand sportchisi oltin medalni qo'lga kiritgan edi. Kumush medal esa turkmanistonlik Yulduz Jumabayevaga nasib bo’ldi. Keyinchalik tailandlik sportchining doping qoidalarini buzgani aniqlangach, oltin medal bekor qilindi. Oltin medal jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan turkmanistonlik Yulduz Jumabayevaga nasib etdi.

Yulduz Jumabayevaga medalni topshirish marosimi Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi Olimpiya majmuasida bo'lib o'tdi. Marosimda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, vazirlar, Turkiyaning Turkmanistondagi elchisi Ural Tog'an va faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

Marosimda so'zga chiqqan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat ko'plab xalqaro sport o'yinlariga mezbonlik qilgani va sport sohasida sezilarli yutuqlarga erishganini aytdi.

Bu yil Turkmaniston velosport bo'yicha Jahon chempionati va tennis bo'yicha Devid Kubogining 4-musobaqasiga mezbonlik qilishi kutilmoqda.

Yangiliklar