turkmanistonning-afsonaviy-haykaltaroshi-saragt-babayev

Turkmanistonning afsonaviy haykaltaroshi: Saragt Babayev

Turkmaniston tarixidagi eng buyuk haykaltarosh Saragt Babayev Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan bo'lib, u “O‘g‘uzxon va uning o‘g‘illari” yodgorligining muallifidir.

08 Nisan 2022 16:41

 Saragt Babayev 1970-1974 yillarda Turkman davlat xususiy san’at maktabining haykaltaroshlik bo‘limida tahsil olgan. 1974-1980 yillarda esa  Moskvada o'qigan.

 Bobayev oʻzining ilk asarlarini portret janriga bagʻishlagan.

“Ona”, “Turkman qizi”, “Yigit portreti” va boshqa koʻplab haykallari uning milliy xarakterdagi mahoratini namoyon etadi.

Haykaltarosh  ideallashtirmasdan, o‘z asarlarida haqiqiy go‘zallikni realistik shaklda tasvirlashga harakat qildi.

Hozirgacha Turkmaniston tasviriy san’at maktabida dars berayotgan Saragt Babayevning Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va Turkiyada muhim asarlari bor.

 Ustaning besh metrli “Mahtumquli Firakiy” yodgorligi ham Anqarada joylashgan.

Poytaxt Ashxoboddagi Mustaqillik bog‘idagi turkman xalqining tarixiy shaxslari haykallari, Mustaqillik haykali, Ilhom bog‘idagi olimlar haykallari, Turkman otlari haykali, Alparslon haykallari, uning eng muhim asarlari qatoriga kiradi. 

Saragt Babayev “Vataniga sevgisi uchun”, , “Turkmaniston mustaqilligining 20 yilligi”, “Turkmaniston mustaqilligining 25 yilligi” medallari va “Taraqqiyot” ordeni bilan taqdirlangan.

Babayev, shuningdek, Turkmanistonning Davlat va xalqaro “Maxtumquli” mukofoti sohibidir.

Saragt Babayev Turkmaniston raisligining “Turkmanlarning oltin asri” va “Eng yaxshi turkman otining haykali” tanlovlarida bir necha marotaba gʻolib boʻlgan.

Yangiliklar