turkmanistonning-atoqli-aktyori-va-rejisseri-baba-annanov

Turkmanistonning atoqli aktyori va rejisseri- Baba Annanov

Baba Annanov turkman kino san'ati tarixida iz qoldirgan usta ijodkor

18 Şubat 2022 19:16

Baba Annanov 1934 yilda Ashxobodning Qoradamak qishlog‘ida tug‘ilgan.

1958 yilda Toshkentdagi N. Ostrovskiy nomidagi rassomlik va teatr institutini tamomlagan. Institutda o‘qib yurgan kezlari o‘zbek kinostudiyasida “Prokuror”, “Birinchi imtihon” kabi filmlarda suratga tushgan.

Mehnat faoliyatini Turkmanistonning Lebap viloyati Seyitnazar Seydiy nomidagi Davlat musiqali drama teatrida boshlagan. “Taqdir” va “Ot o‘g‘irlagan odam” filmlarida unutilmas rollar yaratgan. Karlievning "Muhim qadam" filmida bosh rolni ijro etgan. 

Annanov rejissyor sifatida ham faoliyat ko'rsatgan. U “Zuxra-Tohir”, “Ogʻir yuk”, “Sardor” kabi filmlarini suratga olgan.

Bobo Annanov turkman madaniyati va sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun 1969-yilda Turkmanistonning Maxtumquli nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan. 1985 yilda esa u SSSR xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.

Baba Annanov O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Ukraina kinoijodkorlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan. Jumladan, u buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani asosida suratga olingan “Manqurt” filmida bosh rolni ijro etgan. Shuningdek, Turkiya-Turkmaniston va Turkmaniston-O‘zbekiston hamkorligida suratga olingan filmlarda rol o‘ynagan.

Ustoz aktyor Baba Annanov 1991-yil 21-dekabrda 57 yoshida vafot etdi.

Yangiliklar