turkmanistonning-marv-shahri-muhim-tarixiy-madaniyat-markazlaridan-biri

Turkmanistonning Marv shahri muhim tarixiy madaniyat markazlaridan biri

Marv shahridagi tarixiy yodgorliklarni ko'rish uchun har yili ko'plab turistlar tashrif buyuradi.

03 Temmuz 2022 10:37

Turkmanistonning tarixiy Marv shahridan ko‘plab  avliyo va buyuk allomalar yetishib chiqqan.

Bu tarixiy shaharda meʼmor Muhammad bin Otsiz tomonidan qurilgan Buyuk Saljuqiylar davlatining soʻnggi yorqin davri hukmdori Sulton Sanjarning qabri va butunlay gʻishtdan qurilgan Qizlar qalʼasi kabi qator tarixiy asarlar bor.

Ushbu tarixixy shaharda Sahobalar maqbarasi orqasidagi ayvonlarni qayta tiklash ishlari yakunlandi.

Kengligi 5 metr, uzunligi 10 metr bo‘lgan ayvonlar ko‘k rangli koshinlar bilan bezatilgan va ularga muqaddas so‘zlar bitilgan.

Ushbu tarixiy  yodgorliklar bu hududda  turli davrlarida qudratli davlatlar, yirik shaharlar bo‘lganligidan dalolat beradi.

Marvga ko’plab  mahalliy va xorijlik sayyohlar tashrif buyuradi.

 

Yangiliklar