turkomb-turkiy-tilli-davlatlar-o-rtasidagi-aloqalarni-mustahkamlaydi

TURKOMB – turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydı

Turkiy Davlatlar Ombudsmanlari Ittifoqi (TURKOMB) ittifoqqa aʼzo davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashni maqsad qilgan.

23 Mayıs 2022 17:47

TURKOMB Ombudsman instituti tashabbusi bilan 13-may kuni Bursa shahrida tashkil etilgan. Uning aʼzolari Turkiya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistondir.

Ombudsman Sheref Malkochning soʻzlariga koʻra, “TURKOMB” ittifoqqa aʼzo davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashni maqsad qilgan.

U Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston mustaqillikka erishganidan buyon Turkiya ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 12-noyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti R. T. Erdog’an raisligida Turkiy kengashga a’zo davlatlar sammiti bo’lib o’tdi va Turkiy Kengash nomini Turk Davlatlari Tashkiloti deb o’zgartirishga qaror qilindi. O'shandan beri a'zo davlatlar o'rtasida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy faoliyat kengaydi.

"Birlik namunasi bo'ladi"

Malkochning so‘zlariga ko‘ra, turk dunyosining madaniy markazi Bursada tashkil etilgan TURKOMBning ilk yig'ilishi ham  Usmonlilar imperiyasining birinchi poytaxti Bursada bo'lib o'tdi.

TURKMOB Turkiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Shimoliy Kipr Turk Respublikasida qonun ustuvorligi borasida fikr almashish, akademiklar bilan ishlash va tajriba almashishni maqsad qilgan.

Vengriya va Turkmaniston aʼzo boʻlishi mumkin

TURKOMBga hozirda 6 ta davlat aʼzo. Malkochga ko‘ra, Vengriya va Turkmaniston tez orada TURKOMBga a’zo bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar