turkso-y-bosh-kengashida-navro-z-bayramiga-bagishlangan-tantanali-tadbir-bolib

TURKSO’Y Bosh kengashida Navro’z bayramiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi

Tadbirda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ham ishtirok etdi

23 Mart 2021 07:25

TURKSO’Y Bosh kengashida Navro’z bayramiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ham ishtirok etdi.

Dastlab, Navro’z olovi yoqildi va mehmonlar olovdan sakrab o'tdilar.

Marosimda so'zga chiqqan vazir Mehmet Nuri Erso’y turk dunyosini Navro’z bilan tabrikladi. U Navro’z butun insoniyat uchun bahor bayrami ekanligini ta'kidladi. O'z navbatida u TURKSO’Y tomonidan o'tkaziladigan madaniy tadbirlarning ahamiyatini ta'kidlab, ushbu tadbirlarni dunyoga yoyish va madaniy aloqalarni mustahkamlash asosiy maqsadlardan biri ekanligini aytdi.

TURKSO’Y Bosh kotibi Dusen Kaseinov dunyoning barcha xalqlari har doim bahorni katta ishtiyoq bilan kutib olishganini ta'kidladi.

"Navro’z- bu do'stlik, birlik va hamjihatlik bayrami", - dedi u.

D. Kaseinovning ta'kidlashicha, TURKSO’Y 1995 yildan buyon Turkiyada va turkiyzabon mamlakatlarda maxsus tadbirlarni o'tkazib kelmoqda.

2009 yilda TURKSO’Yga a'zo davlatlar tashabbusi bilan Navro’z YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan. 2010 yil 23 fevralda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 21 martni Xalqaro Navro’z kuni deb e'lon qildi.

TURKSO’Yda o'tkazilgan Navro’z tantanalari qo'shiq va raqslar bilan birga o'tdi.

Tadbirda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoyga Abay medali topshirildi.

Yangiliklar