turksoy-tomonidan-anqarada-navrozga-bag-ishlangan-konsert-dasturi-tashkil-etild

TURKSOY tomonidan Anqarada Navro'zga bag’ishlangan konsert dasturi tashkil etildi

Turkiya poytaxti Anqarada Xalqaro Turk Madaniyati Tashkiloti tomonidan Navro'zga bag’ishlangan konsert dasturi tashkil etildi

22 Mart 2022 13:27

TURKSOY tomonidan Anqarada Navro'zga bag’ishlangan konsert dasturi tashkil etildi. Prezidentlik Simfonik Orkestrida bo'lib o'tgan "Turk dunyosi yangi kun uchrashuvi Navro’z 2022" kontsertiga Turkiy tilli davlatlar va turli mamlakatlardan 250 ga yaqin san'atkorlar tashrif buyurdi.

Milliy cholg‘u asboblari va milliy liboslari bilan sahnaga chiqqan  san’atkorlar va yakkaxonlar o‘zlarining milliy raqslari va xalq qo‘shiqlarini ijro etishdi.

Konsertga TURKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov, Turkiy tilli davlatlarining Anqaradagi elchilari va ko‘plab mehmonlar tashrif buyurdi.

Yangiliklar