turon-qozoq-folklor-etnografik-ansambli

“Turon” qozoq folklor-etnografik ansambli

“Turon” folklor-etnografik ansambli Qozogʻistondagi mashhur musiqa guruhidir

22 Mayıs 2022 17:57

“Turon” folklor-etnografik ansambli bundan 14 yil avval tashkil topgan. O‘shandan beri bu guruh dunyoning bir qator shaharlarida konsert dasturlari bilan ko’plab musiqa ixlosmandlarining sevimli guruhiga  aylangan.

Qozog‘istonning madaniy poytaxti Olmaota shahrida o‘z faoliyatini davom ettirayotgan guruh 30 dan ortiq milliy cholg‘u asboblaridan foydalangan holda xalq musiqasini ijro etadi.

 “Turon” folklor-etnografik ansambli 2008-yilda Olmaota shahridagi Qurmangazi nomidagi Qozog‘iston milliy konservatoriyasining 2-bosqich talabalari tomonidan tashkil etilgan.

Jami 5 a'zodan iborat. Ularning har biri kamida 5 ta an’anaviy cholg‘u asboblarini chala oladi.

Guruh 28-may kuni Turkiyaning Mersin shahrida konsert beradi.

“Biz Qozog‘istonning xorijdagi madaniy  vakiliga aylandik”

“Turon” folklor-etnografik ansambli a’zosi Serik Nurmoldayevning aytishicha, guruh ilk tashkil etilganida konsertga bor-yo‘g‘i 10-20 nafarga yaqin odam kelgan. Guruhning tinimsiz mehnati natijasida ansamblning nufuzi oshib bormoqda.

Bugun minglab tomoshabinlar ularning ijodini, san’atini tomosha qilish uchun kelishadi. “Turon” folklor-etnografik ansambli muxlislari nafaqat Qozog‘istonda, balki dunyoning bir qancha davlatlarida ham bor.

Guruh a’zosi Maqsat Medeubek xorijliklarga onlayn tarzda komuz chalishni o‘rgatib kelmoqda. Komuz chalishni o'rganganlar orasida frantsuzlar va amerikaliklar ham bor edi.

“Bizni Turkiyada “Er Turan” sifatida tanishadi”

 Nurmoldaev “Turon” folklor-etnografik ansambli Turkiyada juda mashhur ekanligini ta’kidladi. Guruh Turkiyani ikkinchi vatani deb biladi. Yiliga kamida ikki marta kontsert berish uchun Turkiyaga kelishadi.

“Turon” folklor-etnografik ansambli Turkiyada “Er-Turon” guruhi nomi bilan mashhur. Guruh repertuaridagi musiqalarning bir qismi turk badiiy filmlari, reklama roliklarida keng qoʻllaniladi. Masalan, “Tirilish-Ertug‘rul” va “Nomsiz” filmlarida “Turon” folklor-etnografik ansambli repertuaridagi musiqalardan foydalanilgan.

"Muvaffaqiyatimizning 1 foizi iste'dod, qolgan 99 foizi mehnat"

“Turon” folklor-etnografik ansamblining yana bir a’zosi Baurjan Bekmuxanbetning aytishicha, guruh jahon brendiga aylangan. Ular bu muvaffaqiyatga mashaqqatli mehnat evaziga erishdilar.

“Muvaffaqiyatimizning bir foizi iste’dod, qolgan 99 foizi mehnat”, – deydi Baurjan Bekmuxanbet.

“Turon” folklor-etnografik ansambli 14 yil davomida 3 ta albom chiqardi. Repertuarining 80 foizi ularga tegishli bo‘lsa, qolgan 20 foizi xalq qo‘shiqlaridir.

Yangiliklar