ukrainadagi-qrim-tatarlari-18-mart-chanoqqala-g-alabasi-kuni-munosabati-bilan-us

Ukrainadagi Qrim tatarlari 18 mart Chanoqqala g’alabasi kuni munosabati bilan ushbu kunga bag’ishlangan  turk xalq qo'shig'ini ijro etdi

"Chanoqqaladagi tarixiy jang Qrim tatarlari uchun ham muhim"

20 Mart 2021 13:44

Ukrainadagi Qrim tatarlari 18 mart kuni Turkiyada nishonlangan Chanoqqala g’alabasi kuni munosabati bilan ushbu kunga bag’ishlangan  turk xalq qo'shig'ini ijro etdi. Loyiha Qrim Oila Jamiyati tomonidan tashkil etilgan.

Qrim oilalari uyushmasi raisi Anife Kurtseitova, Chanoqqaladagi tarixiy jang Qrim tatarlari uchun ham muhim ekanligini aytdi.

"Qrim tatarlari, yoshidan qat'i nazar, Turkiya davlati va turk xalqiga alohida hurmat bilan qarashadi. Bu loyihadan bosh maqsad yoshlar tomonidan ijro etilgan ushbu qo'shiqni turk xalqiga sovg'a qilish orqali bu ehtiromni ifoda etishdir", -dedi u.

Turkiyaning Ukrainadagi elchixonasi ham o'zining rasmiy Twitter sahifasiga Qrim tatarlari ijro etgan folklor qo'shig'ini qo’ygan va bu yoshlarga minnatdorchilik bildirgan.

Ukraina yoshlari tomonidan ijro etilgan ushbu qo'shiq rejissyor Ahtem Seytablayev tomonidan tasvirga olingan.

 

Yangiliklar