usmoniylarning-eng-gullab-yashnagan-davri-sulton-sulaymon-hukmronligi-davriga-to

Usmoniylarning eng gullab yashnagan davri-Sulton Sulaymon hukmronligi davriga to'gri keladi

G'arbliklar "Buyuk Sulaymon" deb atagan Sulton Sulaymonning hukmronlik davri 46 yil davom etgan

11 Eylül 2021 08:02

Sulton Sulaymon, Usmonli imperiyasining 10 -sultoni, 1495 yil 27 aprelda Trabzon shahrida Sulton Selim oilasida tug'ilgan. Uning otasi Sulton Selim, onasi Hafza Xotun edi.

U 25 yoshida ulkan davlatni boshqa boshladi. Buyuk Sulton Sulaymon Usmonli imperiyasini 46 yil boshqargan. 46 yil davomida u mamlakatni yuqori darajada rivojlantirdi. U mamlakatni boshqargan yillar tarixda Usmonli imperiyasining shonli davri sifatida tasvirlangan.

U birinchi hujumini Belgradga qildi

Mimar Sinan nomidagi san'at universiteti professori Sulaymon Kiziltoprak aytganidek, Sulton Sulaymonning birinchi muvaffaqiyati Usmonlilarning Belgradni bosib olishi edi. U taxtga o'tirgandan ko'p o'tmay, 1521 yilda Belgradga bostirib kirib, bu hududni Usmonli imperiyasiga qo'shib oldi. 

Usmonli imperiyasining shonli davri

Bir necha yil ichida Sulton Sulaymon Yevropada o'z hukmronligini o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. U bir necha marotaba yurish qildi. Belgraddan keyin u Rodos orolini bosib oldi. U qisqa vaqt ichida vengerlarni mag'lub etdi. Yevropaliklar unga tan berdi va uni "Buyuk Sulaymon" deb atashdi. Sharqda u adolatili sifati bilan "Qonuniy Sulaymon" deb nomlangan. Uning davrida Usmonli armiyasi bir qancha g'alabalarni qo'lga kiritdi.

Sulton Sulaymon Usmonli imperiyasini g'alabadan g'alabaga olib chiqdi

Sulton Sulaymon davrida Usmonli imperiyasi bir qancha g'alabalarni qo'lga kiritdi. Usmonli qo'shinlari Arabiston yarim orolining eng janubidagi Yamangacha, shuningdek Rossiya va Polsha kabi Yevropa davlatlariga yurish qildi. Uning davrida Barbaros Hayreddin Posho boshchiligidagi Usmonli floti bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi.

Sulton Sulaymon shoir ham edi

Sulton Sulaymon shoir ham edi. U ajoyib she'rlar yaratdi. Uning adabiy ismi Muhibbi edi. Shuningdek, u mamlakatning madaniyati va arxitekturasiga ham katta e'tibor qaratgan. Uning davrida amaliy san'at, zargarlik, adabiyot, madaniyat va me'morchilik misli ko'rilmagan  darajada rivojlangan.

Sulton Sulaymon davrida mashhur me'mor Sinan yashagan

Mashhur me'mor Mimar Sinan asarlari Istanbul chiroyiga chiroy qo'shmoqda. Bu asarlar Sulton Sulaymonning topshirig'iga binoan barpo etilgan bo'lib, uning kuchi va buyukligini aks ettirgan. Me'mor Sinan yaratgan asar namunalari - Yavuz Sulton Selim masjidi, Shahzoda Mehmet va Jihongir masjidlari, shuningdek Istanbuldagi ikkinchi eng katta masjid bo'lgan "Sulaymoniye" masjidi ham memor Sinan tomonidan loyihalashtirilgan.

 

Sulton Sulaymon Zigetvarga qilgan yurishida vafot etdi

Vatanni misli ko'rilmagan darajada rivojlantirgan Sulton Sulaymon 72 yoshida yana bir safarga otlandi. Sulton Sulaymon 1566 yil 7 sentyabrda vafot etdi. Uning jasadi Sulaymoniy majmuasi maqbarasiga dafn qilindi.

U Usmonli imperiyasi chegaralarini 2,5 barobar kengaytirdi

Sulton Sulaymon Usmonli imperiyasining eng uzoq hukmronlik qilgan sultoni edi. Uning davrida davlat chegarasi qariyb ikki yarim barobar kengaygan.

Yangiliklar

TRT Avaz web sitesi çerez kullanmaktadır. Sitede gezinmeye devam ederek, çerez kullanımımızı kabul etmiş olursunuz.
Daha fazla bilgi için "Çerez Politikası" metnini okuyabilirsiniz.