uzbekistan-airways-urganch-istanbul-urganch-yo-nalishida-yangi-muntazam-aviarey

Uzbekistan Airways Urganch–Istanbul–Urganch yo‘nalishida yangi muntazam aviareysni yo‘lga qo‘ymoqda

Birinchi Urganch-Istanbul reysi 28-mart kuni amalga oshiriladi

15 Mart 2021 16:50

 

O'zbekiston Tansport vazirligi tomonidan berilgan bayonotda ta'kidlanishicha, "O'zbekiston havo yo'llari" Urganch-Istanbul-Urganch reysini 28 martdan e’tiboran boshlaydi va ushbu yo’nalishdagi parvoz haftada bir marta tashkil etiladi.

Bayonotda birinchi Urganch-Istanbul reysining 28-mart kuni soat 09.30 (mahalliy vaqt bilan 07.30) da amalga oshirilishi aytilgan.

Urganch aeroportida bo'lib o'tadigan marosimdan so'ng uchib ketadigan "O'zbekiston havo yo'llari" samolyoti Istanbulga soat 11.50 da yetib keladi.

Ayni paytda, "O'zbekiston havo yo'llari" aviakompaniyasi 2017 yil oktyabrida boshlangan, ammo koronavirusning yangi turi (Kovid-19) sababli 2020 yil mart oyida to'xtatilgan Samarqand-Istanbul reyslarini qayta tiklaydi.

Haftada uch marta o'tkaziladigan Samarqand-Istanbul reysi 29 mart kuni qayta ochiladi.

Shuningdek, "O'zbekiston havo yo'llari" aviakompaniyasi har kuni Toshkent-Istanbul-Toshkent reyslarini tashkil qilmoqda.

O'tgan hafta O'zbekistonda muzokaralar olib borgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’lu ikki tomon o'rtasidagi transport qatnovlarini  qulaylashtirish va Turk havo yo'llari tomonidan parvozlar sonini ko'paytirish masalasini muhokama qilganliklarini bildirgan edi.

 

Yangiliklar