xalqaro-turkiya-akademiyasi-2021-yilni-alisher-navoiy-yili-deb-elon-qilindi

Xalqaro Turkiya Akademiyasi 2021 yilni "Alisher Navoiy yili" deb e'lon qilindi

Xalqaro Turkiya Akademiyasi 2021 yilni "Alisher Navoiy yili" deb e'lon qilindi

10 Şubat 2021 14:08

Qozog'iston poytaxti Nur Sultonda joylashgan Xalqaro Turkiya Akademiyasi tomonidan  Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.

Unda Xalqaro Turkiya Akademiyasi Prezidenti Darxon Kidirali, O’zbekistonning Nur Sultondagi Elchisi Saidikram Niyozojayev, qozoq shoiri va tarjimon Nesipbek Aytuli, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent O'zbek Tili va Adabiyoti Universitetining rektori Shuhrat Sirojiddinov, Yevroosiyo yozuvchilar uyushmasi rahbari Yakup O’mero’g’lu, shuningdek taniqli turk dunyosi arboblari va olimlari qatnashdi.

Onlayn anjumanda so'zga chiqqan Kidirali, taniqli shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan akademiya 2021 yilni "Alisher Navoiy yili" deb e'lon qilinganligini ma’lum qildi.

Shuningdek Navoiy merosi bo'yicha ilmiy izlanishlar uchun Alisher Navoiy nomidagi stipendiya ta’sis etilishini e’lon qildi.

 

Yangiliklar